Tumanda xususiy sektorni rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Bugun tuman hokimining birinchi o'rinbosari Ulug'bek Ollanov ishtirokida "Tumanda xususiy sektorni rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

 

Iqtisodiyotning xususiy mulkchilik va xo‘jalik yuritishning erkin bozor usullariga, iqtisodiy alohidalashuviga asoslangan sohasi. Bozor iqtisodiyoti davlat va nodavlat sektorlaridan iborat. O‘z navbatida, nodavlat sektori xususiy va jamoa sektorlariga bo‘linadi. Xususiy sektor nodavlat sektorining bosh bo‘g‘ini. Xususiy sektordagi moddiy va moliyaviy resurslar, yaratilgan mahsulot va xizmatlar xususiy mulk hisoblanadi. Bu sektor xususiy korxonalar, firmalar, moliya kompaniyalari, xo‘jaliklar, banklar, jamg‘armalardan iborat va iqtisodiyotning hamma tarmoqlarida amal qiladi.

- Payariq tumanida hozirda 277 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularning qamrov darajasi  66.1 % ni tashkil etadi.- deydi Ulug'bek Ollanov.

49 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

212 ta oilaviy va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari

13 ta davlat xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.

Shundan, xususiy sektor tomonidan 6825 o‘rin quvvat yaratilgan bo‘lib, ayni paytda 6021 nafar tarbiyalanuvchi mavjud. 804 ta bo‘sh o‘rinlar borligini ko‘rsatadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari quvvati 5095 o‘rinli bo‘lib, amalda 8853 nafar tarbiyalanuvchi mavjud. Maktabgacha ta’lim qamrovini oshirishda asosiy e’tiborni xususiy sektorning ulushini oshirishga qaratish orqali erishish mumkinligini ko‘rsatadi.

Bu bo‘yicha tadbikorlarga maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish uchun yer maydonlarini auksoion savdolariga chiqarish orqali va chekka qishloqlarda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishga rag‘batlarntirishlar berish orqali erishilishi mumkin.

Payariq tumani “Toza xudud” davlat unitar korxonasi tugatilib tegishli tartibda tuman xududidagi maishiy chiqindilarni tashish bilan “SHOHIMARDON ASQAROV” oilaviy korxonasi shug‘ullanishi vakolati berildi. Tumanda maishiy chiqindilarni olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi mazkur jamiyatda hozirda 78 ta ish o‘rinlari yaratilgan.

Xususan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda davlat ulushini kamaytirish hisobiga klaster tzimini joriy etishda quyidagi natijalarga erishildi.

Tumandagi mavjud klasterlar bo‘yicha:

-tumanda jami 4 ta klasterlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, ularga 24 748 gektar maydon biriktirib berilgan.

Jumladan,

-2 ta paxta-to‘qimachilik klaster korxonalariga 12 459 gektar; (100%);

-  ta g‘allachilik klasterlari, 12 289 gektar; (100%) yer maydonlari biriktirib berilgan Ularda mavjud qishloq xo‘jalik texnikalarni zamonaviylashtirish bo‘yicha jami 456 dona 

“Payariq Cluster” MChJda 153 dona

“Samarqand Cotton Cluster” MChJda 303 dona zamonaviy, ilg‘or qishloq xo‘jalik texnikalari mavjud.

Shundan 2021 yilda 11,9 mlrd. so‘mlik 73 dona

“Payariq Cluster” MChJ 3,3 mlrd. so‘mlik 32 dona

“Samarqand Cotton Cluster” 8,6 mlrd. so‘mlik 41 dona yangi texnikalar sotib olindi;

Investitsion loyihalar bo‘yicha

-Joriy yilda 18,3 mlrd. so‘mga teng 4 ta investitsiya loyihalar amalga oshirilib, 138 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi;

-169,4 mlrd. so‘mlik 7 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi evaziga 1318 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi;

Klaster tizimi afzalliklari

Mahsulot yetishtirish 2016-yil bilan solishtirilganda 15,2 ming gektar maydonda hosildorlik 23,6 s/ga ni tashkil qilib, daromadlar gektariga o‘rtacha 2,3 mln so‘mni va rentabillik bor yo‘g‘i 2,2 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda yalpi hosil yetishtirish 36,3 ming tonnani, hosildorlik 30,0 s/ga ni tashkil etishi va o‘rtacha daromad gektaridan 19,0 mln so‘m, rentabillik esa 10,1 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirib xususiy sektor ulushini oshirish orqali ko‘plab ijtimoiy muammolarni hal etish bilan birga shu sohaga ishlab chiqarish vositalari va innovatsion texnologiyalar kirib kelishi va ish o‘rinlari yaratilishiga turtki bo‘ladi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM