Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar

Bugun tuman adliya bo'limi boshlig'i Orif Xolboyev ishtirokida "Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi.

 

Adliya bo'limi boshlig'i o'z hisobotida bo‘lim tomonidan aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, qabul qilingan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilib kelinayotganligi, jumladan, hisobot davrida jami 591 ta (elektron shaklda) normativ-huquqiy hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, Respublika Vavzirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida jami 28 ta davlat organi va boshqa tashkilotlarga mazkur normativ-huquqiy hujjatlarning barchasi yetkazilganligini ma'lum qildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmon, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda Davlat dasturlarning ahamiyatini, maqsadini va mohiyatini yetkazish, tushuntirish, bepul huquqiy maslahatlar berish, aholini huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida tuman adliya bo‘limi xodimlari mutassadi idoralar bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari orqali 270 marotaba shu jumladan, televideniyada 3 marotaba, radioda 79 marotaba, gazetada 56 marotaba, rasmiy veb-sayt orqali 132 marotaba va 442 marotaba og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazilgan.
Shuningdek, aholini yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan o‘z vaqtida xabardor qilib borish borasida 45 marotaba ko‘rgazmali targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, 2800 dona buklet va flayerlar aholi o‘rtasida tarqatilishi ta’minlangan.
Bundan tashqari, adliya bo‘limi, tuman sudlari bilan hamkorlikda doimiy ravishda ijtimoiy va huquqiy yordam olishga muxtoj bo‘lgan yoshlar hamda  
xotin-qizlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga tegishli huquqiy yordam va maslahatlar berilgan.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM