Payariq tumanida Yoshlar daftari va yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar va 2022-yildagi rejalar

Bugun Payariq tumani hokimi o'rinbosari Farrux Omonov ishtirokida "Payariq tumanida Yoshlar daftari va yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar va 2022-yildagi rejalar to'g'risida" mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

- Yoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish orqali yoshlarning bandligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. - deydi hokim o'rinbosari ma'ruzasi avvalida.

Endilikda yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo‘yicha mutlaqo yangicha tizim joriy etilmoqda va bunda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli Qarori bilan tumandagi 65 ta mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish maqsadida, tumandagi barcha mahallalarda 0 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar fuqarobay xatlovdan o‘tkazildi.

Xatlov natijalariga ko‘ra:

0-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 136 214 nafar, shundan, 0-6 yoshdagilar 34 947 nafar, 7-17 yoshdagilar 50 363 nafar, 16-30 yoshdagilar 74 984 nafarni tashkil etadi.

Hozirgi kunda 3 158 nafar yoshlar davlat sektorida rasmiy band, 1 263 nafar yoshlar xususiy sektorda rasmiy band, muddatli harbiy xizmatga ketganlar 225 nafar, JIEMdagilar 20 nafar, 3 203 nafar yoshlar migratsiyaga ketgan yoshlarni tashkil etadi.

Yoshlar jamg‘armasiga 2022-yil boshidan bugungi kunga qadar 1 314,4 mln. so‘m pul mablag‘lari ajratilgan. Shundan mahalliy (tuman) byudjetdan ajratilgan mablag‘ 990,4 mln. so‘m, MIBdan o‘tkazilgan 324,0 mln. so‘m mablag‘lar kelib tushgan.

Payariq tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritish uchun jami 4 039 ta onlayn arizalar kelib tushgan bo‘lib, shundan, 3 746 tasi fuqarolar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri topshirilgan, 91 tasi call-markazlari orqali, 22 tasi sektorlar orqali, 22 tasi telegram bot orqali, 158 tasi yoshlar yetakchilari orqali topshirilgan. 4 039 ta arizalardan 3 509 tasi (86,9%) tasdiqlanib, 526 tasi (13,0%) rad etilgan.

Tumanda joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida jami 124 marotaba uchrashuvlar tashkil etilgan bo‘lib, ularda 3 957 nafar yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvlar davomida 772 nafar yoshlar tomonidan murojaatlar bildirilgan.

2021-2022 o‘quv yilida mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandlari, shuningdek “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning 149 nafariga, shu jumladan, 4 nafariga “Talabaga madad” loyihasi asosida 238,4 mln. so‘m to‘lov-shartnoma pullari “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan to‘lab berildi.

Bugungi kun holatiga Yoshlar daftariga jami 3793 nafar yoshlar daftarga kiritilgan bo‘lib, ko‘rilgan amaliy yordamlar natijasida Yoshlar daftaridan 3558 nafar (1-sektor  1167, 2-sektor  1008, 3-sektor 954, 4-sektor 664) yoshlarga yordamlar ko‘rsatilib daftardan chiqarilgan. 

Shundan, bir martalik moddiy yordam  2 nafar (1-sektorda 2), haydovchilik guvohnomasi uchun  59 nafar (1-sektorda 14,  2-sektorda 13,   3-sektorda 15,     4-sektor 17)   Asbob-uskuna va mehnat qurollari uchun subsidiya 425 nafar (1-sektor  105, 2-sektor  92, 3-sektor 76, 4-sektor 152) Shartnoma to‘lovlari uchun  253 nafar (1-sektor  94, 2-sektor  58, 3-sektor 52, 4-sektor 49) Safarbarlik chaqiruvi rezervi uchun  348 nafar (1-sektor  141, 2-sektor  114, 3-sektor 49, 4-sektor 44)  Dehqon xo‘jalik uchun ajratilgan yer 2265 nafar (1-sektor  676,  2-sektor  584, 3-sektor 649, 4-sektor 356) yoshlarga ko‘mak ko‘rsatildi. "Besh muhim tashabbus" moliyalashtirildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida besh tashabbus doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

Joriy yilda “Yosh kitobxon” tanlovida 700 nafardan ortiq yoshlar, “Yosh kitobxon oila” tanlovida 132 ta yosh oilalar ishtirok etdi.

Shuningdek, iste’dodli yoshlarni kashf etishga qaratilgan “Yoshlar ovozi” tanlovining mahalla va sektor bosqichlarida 35 790 nafar, olimpiadaning sport yo‘nalishidagi musobaqalarida 25 167 nafar yoshlar munosib ishtirok etdi.

Besh bosqichli “Besh tashabbus” olimpiadasida Zakovat intellektual o‘yinining respublika bosqichida “Sorisuv” mahallasi birinchi o‘rinni, “Streetworkout” musobaqasining respublika bosqichida “Boshqo‘rg‘on” mahallasi birinchi o‘rinni, “Stol tennisi” musobaqasining respublika bosqichida “Choshtepa” mahallasi faxrli uchinchi o‘rinni hamda “Shashka” sport musobaqasining respublika bosqichida “Maniobod” mahallasi faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, tumanimiz sha’nini munosib himoya qilib qaytdi.

Besh bosqichli “Besh tashabbus” olimpiadasining ikkinchi mavsumi mahallarda o‘tkazib borilmoqda.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM