Payariqda 4 ta oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi

Bugungi kunda Payariq tumanida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, bugun Payariq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 4 ta Oilaviy shifokorlik punkti qayta mukammal ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi. Jumladan, "Soxibkor" Oilaviy shifokorlik punkti tibbiyot birlashmasining rivojlantirish fondi hisobidan 720.0 mln., Bolta Oilaviy shifokorlik punkti tibbiyot birlashmasining rivojlantirish fondi hisobidan 650.0 mln., Choshtepa Oilaviy shifokorlik punkti mahalliy byudjet hisobidan 516.0 mln mablag‘ ajratilib joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Tibbiyot birlashmasining rivojlantirish mablag‘lari hisobidan to‘liq mebellar bilan ta’minlandi. Shuningdek, Paxtakor Oilaviy shifokorlik punkti Obod qishloq dasturi hisobidan 520.0 mln mablag‘ ajratilib joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Tibbiyot birlashmasining rivojlantirish mablag‘lari hisobidan to‘liq mebellar bilan ta’minlandi. Jurnalist, bloger va jamoatchilik vakillari ishtirokida o'tkazilgan press-turda tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida batfsil ma'lumotler berildi.

Mazkur 4 ta punktni ishga tushirilishi natijasida hududdagi 30 mingdan ziyod aholiga xizmat ko'rsatadi.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM