Payariq tumanda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Bugun tuman hokimi o'rinbosari Rashid Niyatov ishtirokida "Tumanda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

-Payariq tumanida 2022-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-sonli qarori bilan tasdiqlangan “PAYARIQ-KLASTER” MChJ tomonidan “Ip gazlama mato ishlab chiqarish, bo‘yashni va yog‘ ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasi doirasi 5,0 mln.doll. to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilinishi belgilangan. Buning natijasida qo‘shimcha 180 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. (Turkiya korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida yetkazibberilishi kerak bщlgan uskunalar eski bo‘lganligi sababli shartnoma bekor qilingan. Yangi ta’minotchi qidirilmoqda, korxona mutaxassislari Shvesariyaga yuborilgan.) - deydi Rashid Niyov o'z hisobotida. 

Bundan tashqari, Vengriya davlati tadbirkorlari bilan xamkorlikda "TIMUR TRIADA LUX" MChJ korxonasining agrologistik klaster tashkil etish loyihasi doirasida yil yakuniga qadar 9,0 mln. AQSh dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi va buning natijasida 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. (Korxona raxbarining ozodligi cheklanganligi sababli, korxona raxbarini almashtirish xamda birlamchi tuzilgan shartnomaga o‘zgartirish kiritish ishlari olib borilmoqda.)

Lekin shunga qaramasdan tumanda qo‘shimcha ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar jalb qilindi va o‘zlashtirildi. Hususan,

1. “GMFR Al-Buhoriy” xorijiy korxonasi tomonidan al Buxoriy ziyoratgoxi kompleksida zamonaviy mexmonxona qurilishi loyixasi doirasida 500 ming dollar jalb kilindi.

2. “Blessed Agro Oil” MChJ tomonidan “o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish” loyihasi doirasida 467,5 ming AQSh dollari miqdorida xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

To‘qimakchilik va mato bo‘yash loyihalarini amalga oshirish uchun “Paradays White Gold textile” MChJga “Xalkobod” kichik sanoat zonasi xududidan auksion asosida yer maydoni ajratish yuzasidan muzokora o‘tkazildi. Natijada korxona trikotaj maxsulotlari ishlab chiqarish loyihasi doirasida to‘liq o‘z xom-ashyosidan foydalaniladi va eksport miqdori oshirilishiga erishiladi. Loyiha doirasida Rossiya davlatidan hamkorlari bilan 2022-yilda 2,0 mln.dollarlik qismi amalga oshirilib,
1,0 mln.doll. miqdorida to‘g‘ridan–to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi rejalashtirilgan. To‘qimakchilik va mato bo‘yash loyihalarini amalga oshirish natijasida 5,0 mln.dollardan ortiq to‘g‘ridan–to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga erishiladi.

Bundan tashqari "AMIR-EXPORT GM" MChJ ("GMFR Al-Buhoriy") tomonidan qiymati 2,0 mln.Aqsh dollari bo‘lgan qadoqlangan ichimlik suvi hamda qiymati 1,0 mln.Aqsh dollari bo‘lgan qadoqlash uchun plastik  va polietilen idishlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM