Payariqda "Obod mahalla maskani" foydalanishga topshirildi 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan Qashqadryo viloyati Kaspi tumani Qamashi mahallasi misolida har bir tumanda kamida bittadan “Obod mahalla maskan”larini tashkil etish topshirig‘i berilgan edi. 

Bugun Payariq tumanida ham tadbirkor, shu bilan birga mahallada hokim yordamchisi L.Kazakbayev tashabbusi bilan zamonaviy maskan mahalla aholisi uchun foydalanishga topshirildi. Yangi bino tadbirkor tomonidan 1.5 mlrd. so'm, 650 mln. so'm bank krediti mablag'lari asosida bunyod etilgan bo'lib, bu yerda Istiqlol mahallasining yangi binosi, xizmatlar ko'rsatish, shuningdek bolajonlar uchun barcha sharoitlarga ega bo'lgan 90 o'rinli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qad rostladi.
Tadbirning ochilish marosimida tuman hokimi Z.Ergashev, sektor rahbarlari, viloyat hokimi o'rinbosari I.Jabborov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir tuman hokimi so'zga chiqib, ushbu yangi binoning topshirilishi munosabati bilan barcha mahalla ahlini muborakbod etdi. Yangi mahalla binosi uchun "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo'limi tomonidan mebel jihozlari taqdim etildi.

Yaqin kunlarda xizmatlar ko'rsatish va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ham jihozlash ishlari yakuni bilan ishga tushirilishi ko'zda tutilgan.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM