"Keksalar haftaligi" doirasida chor-tadbirlar belgilandi

Mamlakatimizda Davlat Rahbarining tashabbusi bilan keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

 

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qarori bilan har yili oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan.
Bugun tuman hokimligida o'tkazilgan yig'ilishda tuman hokimi o'rinbosari F.Omonov, Mahalla va nuroniyarni qo'llab-quvvatlash tuman bo'limi rahbariyati va mahalla raislari va nuroniylari ishtirok etdi. Yig'lishda haftalikni keng nishonlash va yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” degan g‘oya ostida joriy yil 3-9 oktabr kunlari tumandagi barcha mahallalarda “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. 

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM