Faxriy ustozlar holidan xabar olindi

Faxriy ustozlardan hol so‘rash, ularning ko‘nglini shod etish an’anaga aylangan.

Bayram arafasida tuman hokimi va jamoatchilik faollari tomonidan turli sohalarda uzoq yillar samarali mehnat qilgan ustozlar holidan xabar olindi.
Jumladan, 1-oktabr kuni tuman hokimi Zafar Ergashev Zarafshon mahallasida yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hamda uzoq yillar mobaynida mahalladagi maktabda rahbar lavozimlarida ishlagan Mamadali bobo Siddiqov va To'polos mahallasi yashovchi ko'p yillar tumanda rahbar lavozimlarida ishlagan, ko'plab shogirtlar yetishtirgan Abdushukur Muhammadqulov xonadonidan bo'lib, faxriy ustozlarni bayram bilan tabrikladi.  
Ustozlarning hayot yo‘li va faoliyati yoshlar uchun ibrat ekani ta’kidlandi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM