Payariq tumanida viloyat prokurorining sayyor qabuli o‘tkazildi

Aholi mummmolari, ularning yechimi bo‘yicha bugun Payariq tuman hokimligida Samarqand viloyati prokurori, 2-sektor rahbari Jahongir Hatamovning sayyor qabuli o‘tkazildi.

Qabulga kelgan fuqarolar o‘zlarining turli masalalari rahbarlarga murojaat qilishdi. Murojaatlarning asosiy qismi bandligini ta'minlash, moddiy va tibbiy yordam va masalalarida bo‘lib, har bir murojaat soha rahbarlari ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi. 
Jumladan, Yangiobod mahallasidan N.Muhammadqulova o'zini-o'zi band qilish maqsadida tikuv mashinasi so'rab qilgan murojaati shu yerning o'ziga ijobiy yechim topgan bo'lsa, Javhar ota mahallasidan Q.Hamroyev motokultivator olishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati shu yerning o'zida qanoatlantirildi.
Shuningdek, kelib tushgan murojaatlar bo'yicha joyida o‘rganish va muammoli masalalarning yechimi bo‘yicha viloyat prokurori tomonidan tegishli ko‘rsatma va vazifalar belgilandi.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM