O'zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi

Payariq tumani hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Husniddin Bolibekov ishtirokida "O`zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi" matbuot anjumani o'tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» gi 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «1992 yilda Rio-de-Janeyroda imzolangan Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida», 1995-yil 6-maydagi 82-I-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni ta’minlash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va kengaytirish, tabiiy ekologik tizimlarning tanazzulga uchrashi sur’atlarini pasaytirish, hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini qayta tiklash, bioxilma-xillikni saqlab qolish sohasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Payariq tumanida ham bir qancha amaliy ishlar olib borilib, tumanimiz hududida joylashgan suv omborlari va suv havzalarida har xil baliq turlarini kamayib borishini oldini olish borasida tumanimizdagi tashabbuskorlar tadbirkorlar va baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi ma’suliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan baliq chavaqlari havzalarga tashlanib, baliqlar parvarishlanmoqda.

- Bundan tashqari, tumanimizda “Yashil makon” Umummilliy loyihasi doirasida 2022-yil kuz mavsumida 543 ming tup mevali, manzarali darxat va xar xil turdagi buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan “Dolzarb 40 kunlik” davomida tumanimizda yashovchi uyushmagan aholi, ko‘ngillilar, korxona va tashkilotlar tomonidan daraxt ko‘chatlari ekilishi qizg‘in tarzda olib borilmoqda. - deydi hokim o'rinbosari o'z hisobotida.

Bioxilma-xillikni asrash bo‘yicha 2023-yilda xam ishlar davom ettirilib, bu borada tumanimizda yashovchi har bir fuqarolarimizdan tabiatimizni asrash yo'lida jonbozlik ko‘rsatib faol ishtirok etishlarini bildirib o'tdi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM