Payariq tumani mahalla raislari Pastdarg‘omda

Hududlarni obodonlashtirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, muammolarni hal etish, yoshlar bilan ishlash, jinoyatchilikni oldini olish borasida Pastdarg‘om tumanida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Payariq tumanining barcha mahalla fuqarolar yig'inlari raislari Pastdarg‘om tumanida bo'lishdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Pastdarg‘om tumanida mahallalar faoliyatini o‘rganish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat.
Shuningdek, Payariq tumanidagi mahalla fuqarolar yig'inlari raislari Pastdarg‘om tumanidagi "Qorag'appa" mahallasidagi mebel ishlab chiqaruvchi tadbirkor faoliyati bilan ham tanishdilar.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM