Yurt fidoyilarining kasb bayrami nishonlandi

Butun Respublikamiz bo‘ylab bo‘lgani kabi tumanimizda ham el-yurt tinchligi, qonun ustuvorligini ta’minlash, mamlakatimizda jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash, qonuniylik hamda huquq-tartibotni mustahkamlash, bir so‘z bilan aytganda muqaddas zaminimizdagi tinch va osuda hayotni ta’minlashdek mas’uliyatli va sharafli vazifa egalari – Ichki ishlar xodimlari kasb bayrami keng nishonlandi.

 

Bugun Payariq tuman hokimligida Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 25-oktabr - O‘zbekiston Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir avvalida tuman Ichki ishlar bo'limi boshlig'i Oybek Xo'jamov O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po'lat Bobojonovning soha xodimlariga yo'llagan bayram tabrigini o'qib eshittirdi. 

Shuningdek, Payariq tumani hokimi Zafar Ergashev so‘zga chiqib, o‘z hayotini el-yurt tinchligi va osoyishtaligini asrashdek ezgu va oliyjanob ishga bag‘ishlagan mard va sadoqatli, vatanparvar yurt posbonlari, ichki ishlar rahbar-xodimlari, xizmatchilari hamda faxriylarini sana munosabati bilan tabriklab, o'zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Shundan so'ng, tuman hokimligi, tuman prokuraturasi va tuman ichki ishlar bo'limi tomonidan sohada xizmat qilib kelayotgan bir guruh ichki ishlar xodimlariga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM