"Cho‘rosh" QVP ko‘p tarmoqli markazi poliklinikaga biriktirilgan

Sobiq "Cho‘rosh" QVP O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tug‘risida” gi PQ-2857-sonli qarori, viloyat hokimining 2017-yil 1-apreldagi 140-Q-sonli qarori,

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017-yil 31-martdagi 127-sonli buyrug‘i  va  Payariq tuman  hokimining 2017-yil 10-martidagi “Samarqand viloyat  hokimining 102-Q-sonli “O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017- yil 9-fevraldagi 06-247-sonli majlis bayoni to‘g‘risida” gi 624-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasining 06.04.2017-yildagi 474-1-sonli buyrug‘ining 6-ilovasiga ko‘ra sobiq "Cho‘rosh" QVP hududidagi aholisi Payariq tuman ko‘p tarmoqli markazi poliklinikaga yaqin hududda joylashganligi sababli qisqartirilib, Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaga biriktirilgan. Hozirda sobiq "Cho‘rosh" QVP binosi shifokor uyi sifatida tuman tibbiyot birlashmasining balansida turibdi. Hudud hamshira va oilaviy shifokorlari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaga qatnab faoliyat ko‘rsatadi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida emlash vaqtida hamshiralar vaqtinchalik ushbu binoning ikkita xonasidan foydalanishadi. Videolavhada davlat tarafidan ajratilgan mablag‘ bu QVP ga sarflanmaganligi aytib o'tilgan. Ushbu punktga mahalliy budjet hisobidan pul ajratilmagan. Shuningdek, bino ta'miri 2022-yil avgust oyida bo‘lib o‘tgan “ochiq budjet” loyihasiga qo‘yilgan bo‘lib, aholi tomonidan ovoz ham berilmadi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM