Murojaat bo'yicha zarur choralar ko'rilgan

Joriy yilning 8-noyabr kuni Zo'r TV telekanali "Bu kun" dasturi orqali Payariq tumani Ilgo'r mahallasidagi elektr energiyasi va ichki yo'llar ta'mirtalab ekanligi bo'yicha lavha e'lon qilindi. 

Ushbu mahallada fuqarolarning murojaatlari  yuzasidan rahbarlar tomonidan o'rganilib, ularga holat bo'yicha zarur choralar ko'rilishi bildirib o'tilgan.
Mahalla fuqarolari bilan tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari uchrashib, yaroqsiz ustunlar almashtirib berilgan.
Shuningdek, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan lavhadagi ichki ko'chalarning 1.5 km qismia shag'allashtirish ishlari olib borildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM