Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona yo'lidir!

Bugun Payariq tuman 2-son Madaniyat markazida “Ta’lim sifatini oshirish - Yangi O‘zbekistonning yakkayu yagona yo‘lidir!” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Samarqand viloayti pedogog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktori A.Ibragimov, Payariq tumanida faoliyat olib borayotgan pedagoglar, maktab direktorlari, xalq ta'limi bo'limi xodimlari, kuzatuv kengashi raislari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda mamlakatimizning kelgusi taraqqiyoti uchun muhim poydevor bo‘lgan – Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda 2022-yil 29-dekabr kuni "Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakkayu-yagona to'g'ri yo'lidir!" ochiq muloqoti xususida fikr mulohazalar bildirib o'tildi. Shuningdek, mamlakatimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘yayotgani, hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berayotgani alohida e’tiborga olinganligi ta'kidlanib, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” ning ma’no va mazmuni borasida keng tushunchalar berildi.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM