Byuro tashabbusi bilan Payariqda oilalar tiklanmoqda

Oiladagi notinchlik, ajrimlar sabab faqat er-xotin aziyat chekmaydi, bunday hollarda farzandlar ertamiz kelajagi bo‘lgan yoshlar kamoloti ham so‘roq ostida qoladi, oila yarashuvi sabab farzandlar ota-onasining bag‘rida shodon yashash baxtiga muyassar bo‘lishdi, bunday xayrli ishlar jonlarning quvonchiga sabab bo‘lmoqda.

Xususan, aliment undirish bo‘yicha e’lon qilingan "Dolzarb o‘n kunlik" doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar davomida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining 2021 yil 23 aprel kungi qaroriga asosan qarzdor Sh.S.dan undiruvchi A.S. foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuro tomonidan olib borilgan suhbatlar va tushuntirishlar natijasida 2023 yil 7 yanvar kuni taraflarlar o‘zaro yarashib, oilasini qayta tiklashdi, ikki nafar voyaga yetmagan farzand ota onasini bag‘rida shodon yashash baxtiga muyassar bo‘ldi.

Shu kabi yana to‘rt oila aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan tushuntirishlar natijasida yarashib, oilalar qayta tiklandi.

Bu kabi tadbirlar Payariq tumani davom etmoqda.

Farrux IBRAGIMOV,

Byuroning Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM