2023-yilda aholini mavsumiy va doimiy ish bilan ta'minlash rejalari

Bugun Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Mansur Mirzabayev ishtirokida “2022-yildagi faoliyati sarhisobi hamda 2023-yildagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o’tkazildi.

Payariq tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan o‘tgan 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida ish qidirayotgan va ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish uchun, fuqarolardan 3836 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan 2554 nafar fuqarolar, ya’ni 66.7(%)ni, 197 ta tashkilot va muassasalarga doimiy ishga joylashtirish orqali bandligini ta’minlashga erishildi. - deydi markaz direktori matbuot anjumani avvalida.

Ishga joylashtirilgan fuqarolarning 1170 nafari ayollarni, 920 nafari yoshlarni, qolgan 464 nafarini erkaklar tashkil etadi. Bundan tashqari Tuman hokimining 2021 yil 10-noyabrdagi 107-7-100-Q/21-sonli qarorida ko‘zda tutilgan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni 2022-yil davomida ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida olib borilayotgan ishlarni tashkil etish orqali 514 nafar fuqarolarni zaxiralangan doimiy ish o‘rinlariga joylashish uchun amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 2022-yil yanvar-dekabr oylarida fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida jami 135 nafar ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlanlash maqsadida subsididyalar ajratilgan.

Ajratilgan subsidiyalar 91 nafariga qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha, 29 nafariga hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha, 15 nafariga esa asbob-uskunalar ajratish orqali bandligi ta’minlangan.

Bundan tashqari tuman xududida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlarini tuman, aholi punktlari, mahallalar va boshqa hududlarni obodonlashtirish (ko‘kalamzorlartirish, tozalash, oqlash, madaniy ob’ektlar, ziyoratgoxlar, qabristonlar va ariqlarni tozalash kabilar) uchun qilgan murojaatlari orqali 580 nafar fuqarolarni (225 nafari ayollar, 128 nafari yoshlar, 227 nafari erkaklar) mavsumiy xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta’minlangan.

2022-yilda kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan 826 nafar fuqarolarni, shundan 246 nafari erkak, 580 nafari ayollarni tashkil etadi kasb-hunar markaz va maskanlarida 30dan ziyod yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitishga erishildi.

Bundan tashqari yil boshidan buyon ishsiz deb e’tirof etish orqali ishsizlik nafaqasi tayinlangan fuqarolarning eamisoni 49 nafarni tashkil etib, shundan 23 nafari erkaklarni, 26 nafari ayollarni, 6 nafari esa yoshlarni tashkil etadi.

2023-yil mobaynida ishsiz fuqarolarni korxona va tashkilotlarga tizimli ravishda doimiy ishga joylashtirish rejalashtirilgan.

Xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga 2023-yil mobaynida obodonlashtirish ishlari bo‘yicha 850 nafar fuqarolarni mavsumiy ishlarga jalb qilish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha tumanda 7 ta o‘quv maskani tashkil qilingan. Hamda tumanda 3 ta kasb-hunar maktabi tashkil etilgan. Hamda Samarqand shaxar xududida joylashgan KOIKA o‘quv markazi, Samarqand Mono markazi hamda qurilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash o‘quv maktabiga 650 nafar fuqarolarni turli xil yo‘nalishlar bo‘yicha kasbga o‘qitish rejalashtirilgan.

2023-yilda tumanda Prezident farmoniga asosan Kasanachilik yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Hamda Nogironligi bor bo‘lgan fuqarolarni ishga qabul qilganligi uchun korxona va tashkilotlarga 30 nafar fuqaroga subsidiya mablag‘lari ajratilishi mo‘ljallangan.  

2023-yilda Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet Davlatlarga (Rossiya, Qozoqiston, Polsha, Germaniya, Yaponiya kabilar) Davlat tomonidan fuqarolarni yuborilishi rejalashtirilgan.  Shuningdek, fuqarolarni chet Davlatlariga ketishi bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun tijorat banklari tomonidan imtiyoli kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilda ushbu ko‘rsatkichlarni yanada yaxshiroq natijaga olib chiqib, tumanda ishsizlik darajasini pasaytirishga harakat qilishni maqsad qilib olganmiz.- deydi Mansur Mirzabayev.

Anjuman davomida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga batafsil ma'lumot berib o'tildi.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM