Fuqaroga suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berilgan

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Payariq tumani Tomoyrot mahallasida yashovchi Bunyod Toshpulatovning suyultirilgan gaz ta’minotidagi muammolar to‘g‘risida qilgan murojaati “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. 

Ushbu masala bo'yicha kecha, 17-yanvar kuni shaxsan tuman hokimi murojaatchi bilan uchrashgan va "Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ma’sul xodimlari tomonidan suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berilgan.
Bugungi kunda Tomoyrot mahallasida yashovchi aholi xonadonlariga gaz balon tarqatish yakunlanish arafasida, jarayon davom etomqda. “Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ma’sul xodimlari tomonidan mahallalarda yashovchi aholi xonadonlariga tasdiqlangan reja-jadval asosida suyultrilgan gaz yetkazib berilib berilmoqda.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM