Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi

Bugun tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda “Mehr daftari” platformasiga kiritilgan, 6 nafar ko‘makka muhtoj yigit-qizlarning xohish-istaklari va ehtiyojlariga asosan noutbuk va anjomlarlar topshirildi.

Bolalarning bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun taqdim etilgan mazkur jihozlar tuman hokimligi mas'ullari ishtirokida topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida tumanda “Mehr daftari”ga 54 nafar o‘g‘il-qizlar kiritilgan bo‘lib, bundan avval ham jamg‘arma tomonidan platformaga kiritilgan 40 nafar yigit-qizlarga  noutbuk va boshqa dastgohlar topshirilgan edi. 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM