Aholi salomatligini ta'minlash yo'lida

Joriy yilning 1-2-fevral kunlari viloyat va tuman davolash profilaktika muassalaring 20 ga yaqin mutaxasiss hamda viloyat onkologiya ixtisoslashtirilgan markazi malakali mutaxassislari ishtirokida tuman aholisi hamda “Qishloq xo‘jaligi xodimlari salomatligi oyligi” aksiyasi doirasida  qishloq xo‘jaligi xodimlarini maqsadli skrining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish belgilangan.

Maqsadli skrining o‘tkazish uchun 2 ta maxsus jihozlangan mobil avtobus, 1 ta rentgen proskan, 1 ta mobil momograf apparati yordamida xavf guruhga kitilgan aholi o‘rtasida sil kasalliklari va 1 oy davomida Mobil mammografiya yordamida 45-65 yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi saratoni va bachadon bo‘yni raki kasalliklarini erta aniqlash maqsadida mahalla kesimida skrining tekshiruvlari o‘kazildi.
Keca, 1-fevral kuni "Tomoyrot" oilaviy shifokorlik punktida “Navruz”, “Tomoyrot”, “Ilg‘or” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholi hamda “Qishloq xo‘jaligi xodimlari salomatligi oyligi” aksiyasi doirasida 533 nafar aholi maqsadli skrining tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Shundan 486 nafar kasallik aniqlangan bemorlarning 344 nafariga ambulator, 60 nafariga tuman, 82 nafariga viloyat davolash profilaktika muassasalarida sog‘lomlashtirish belgilandi.
Xuddi shunday, bugun Chelak ko‘p tarmoqli poliklinika, Turkiston, Paxtakor va Bolta oilaviy shifokorlik punktlarida maqsadli skrining tekshiruvlari o‘tkazildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM