Jurnalistlar 3 ta sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Bugun "Samarqand suv ta'minoti" MChJ tuman bo‘limi, "Tumangazta'minot" bo‘limi hamda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi rahbarlari ishtirokida ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazildi.

 

Bugungi o‘tkazilgan anjumanda muhim va hozirda dolzarb bo‘lgan sohalardagi muammolar rahbarlari tomonidan alohida tushuntirish berib o‘tildi.

Payariq tumanida bugungi kunda 64.5% aholi markaziy ichimlik suvi bilan ta’minlangan. 

“Samarkand suv ta’minoti” MChJ tomonidan aholini toza ichimlik suvini yaxshilash maqsadida 2022 yilda Farovon mahallasiga 150 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 20 ta xonadon 103 axoli toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi, Baxrin MFY ga 400 metr ichimlik suv tarmogi tortilib 25 ta xonodon 112 ta axoliga toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Darvishiq MFY Darvishiq qishlog’iga 800 metr, Kattasaydov MFY Farmonqul qishlog’iga 1000 metr ichimlik suvi tarmogi tortilib, 115 ta xonadon yoki 482 axoli toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. 

2022 yil davomida “Baxrin” maxallasi xududidagi mavjud suv inshooti rekonstruksiya qilinib, “Toxirshayx” maxallasiga 7,0 km tarmoq tortildi xamda xar bir xonadonlarga suv xisoblagichlar o‘rnatildi. Ushbu ishlar natijasida 117 ta xonadon yoki 468 nafar axoli ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Samarqan viloyat xokimining 2021 yil Payariq tumani Chelak shaxrida o‘tkazgan sayor qabulida ichimlik suvi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarga asosan 2022 yil “Sho‘rtepa” maxallasida suv inshoati rekonstruksiya qilinib, 2,0 km tarmoq tortish va xar bir xonadonlarga suv xisoblagich o‘rnatish ishlari olib borildi. “Toxirshayx” maxallasi xududidagi mavjud suv inshooti rekonstruksiya qilinib “Mustaqillik” maxallasiga 5,0 km tarmoq tortilib, xar bir xonadonlarga suv xisoblagich o‘rnatish ishlari olib borildi, bugungi kunda axoliga toza ichimlik suvi etkazib berish arafasida, Qorasuv suv inshootini rekonstruksiya qilib, “Birlashuv” maxallasiga 10,0 km tarmoq tortilib, xar bir xonadonlarga suv xisoblagichlar o‘rnatildi xamda axoliga toza ichimlik suvi etkazib berilmoqda. 

Davlat dasturi asosida Chelak shaxarchasini ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida mavjud suv inshooti rekonstruksiya qilinib, 39,3 km tarmoq tortilib, xar bir xonadonlarga suv xisoblagich o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Buning natijasida 2768 dona xonadon yoki 7995 ta axoli ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Tumandagi ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 2022 yil “Obod qishloq” dasturiga tumandagi “Beshqo‘rg‘on” va “X.Ismoil” MFYlari kiritilgan bo‘lib, ushbu xududdagi 2 dona suv inshoatlari rekonstruksiya, xamda 35,0 km suv tarmoq tortilib, xonadonlarga suv xisoblagichlar o‘rnatildi. Buning natijasida ushbu xududlardagi 1480 ta xonadon yoki 6660 ta axoli toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari “Boshqo’rg’on” MFY “Muxammadi-1” qishlog’idagi, “Sarbozor” MFY “O’rtasaydov” qishloqlaridagi mavjud suv inshoatlari to’liq rekonstruksiya qilinib, qo’shimcha 8,5 km suv tarmoqlari tortildi. Buning natijasida ushbu xududlardagi 312 ta xonadon yoki 1320 ta axoli toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Payariq tuman Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limiga qarashli 2 ta boshkaruv servis kompaniyasi (BSK) mavjud bulib,ya’ni «Payarik turon gulshani» MCHJ ga 37 ta ko‘p qavatli uylar ,”Payarik elit kommunal ” MCHJ ga 16 ta ko‘p qavatli uylar uchun faoliyat olib boradi. 

Tumanda 53 ta ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib shundan 27 ta ko‘p qavatli uylar 1991yilgacha kurilgan eski ular, qolgan 26 ta ko‘p qavatli uylar 2016 yildan buyen kurilib kelmokda.

Ushbu kup kavatli uylarda 1062 ta xonadon mavjud bulib ,32 ta 2 kavatli uylar, 4 ta 3 kavatli uylar, 11 ta 4 kavatli uylar va 6 ta 5 kavatli uylar mavjud.

Tumanda ko‘p qavatli uylarda mulkdorlarning «Mening uyim» billing tizimiga kiritish bo‘yicha 90% foiz ishlar amalga oshirildi, kolgan 10% xonadonlar esa kadastr xujjatlari mavjud bulmaganlari tizimga kiritilmagan. Tumanda 53 ta ko‘p qavatli uylarda 1062 ta xonadon mavjud bo‘lib ushbu ko‘p qavatli uylardan A.Navoiy MFY da joylashgan 5 ta ko‘p qavatli uylarda 84 ta xonadon, Go‘zal MFYda joylashgan 16 ta ko‘p qavatli uylarda 276 ta xonadon, Bunyodkor MFY da joylashgan 9 ta ko‘p qavatli uylarda 156 ta xonadon, Qumchuq MFY da 2 ta ko‘p qavatli uylarda 32 ta xonadon, ,A.Assaviy MFY da 2 ta ko‘p qavatli uylar 20 ta xonadon, Yangixayot MFY da 8 ta ko‘p qavatli uylar 260 ta xonadon ,X.Ismoil MFY da 3 ta kup kavatli uylarda 54 ta xonadon, Turkibola MFY da 6 ta kup kavatli uylarda 132 ta xonadon , Farovon MFY da 2ta kup kavatli uylarda 48 ta xonadon jami 1062 ta xonadon BSK lar hisobida turadi

Ko‘p qavatli uylarning anomal sovuq oqibatida tarnovlarning nosoz holga kelib qolganligi sababli ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Ko‘p qavatli uylarning tutash hududlaridagi irrigasiyalar tozalash ishlari amalga oshiriladi.

1991 yilgacha kurilgan 14 ta kup kavatli uylarda kanalizasiya tizimi mavjud emas imkonyat darajasida kanalizasiya tizimini ishga tushirish ishlariga sarflanadigan mablag buyicha tuman xokimligiga takliflar kiritish ishlar amalga oshiriladi.

Hozirda ko‘p kavatli uylarning seysmik holatini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilib, zilzilaga bardoshligi bo‘yicha o‘rganishlar olib borishi va holatlari bo‘yicha takliflar tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

Payariq tumanida jami 65 ta MFY mavjud bo‘lib, shundan 36 tasi tabiiy gaz va 29 tasi to‘liq suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan. Ushbu mahallalarda 57403 ta iste’molchi bo‘lib, shundan 15596 ta tabiiy gaz va 41807 tasi esa suyultirilgan gaz iste’molchilari hisoblanadi. 

Payariq tumanidagi tabiy gaz iste’molchilarini bir ma’romda tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun 4 ta: Payariq-1, Payariq-2, Yangiqo‘rg‘on, Shimoliy GRS lari orqali tabiiy gaz olinib, tumandagi mavjud yuqori bosimli 97 dona va o‘rta bosimli 554 dona, jami 651 dona gaz taqsimlash qurilmalari mavjud bo‘lib, barcha gaz taqsimlash qurilmalari soz holatga keltirilib, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga bir me’yorda tabiiy gaz yetkazib berish ta’minlangan. Tuman hududida past bosimli 827,8 km, o‘rta bosimli 221,9 km va yuqori bosimli 94,6 km, jami 1144,3 km gaz tarmoqlari mavjud bo‘lib, shundan: 188,1 km yer osti hamda 956,2 km yer usti gaz tarmoqlari hisoblanadi.

2022-2023-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va aholi hamda ijtimoiy soha ob’eklarini bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 6 dona yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasi mukammal ta’mirlanib, qolgan 645 dona GTQ si to‘liq taftishdan o‘tkazildi. 28 km gaz quvuri havo bosimi (kompressor) yordamida zichlikka sinaldi va tozalandi, 50 km gaz quvurlari pribor usuli bilan tekshirildi, 15 km yer usti gaz tarmog‘i tartib (rixtovka) ga keltirilib bo‘yoqlandi. 2022-yil davomida Chelak shahrini ta’minlovchi Yangi qo‘rg‘on GRSdan kelayotgan axoli iste’molchilarining gaz ta’minoti yaxshilash maqsadida 1,1 km gaz quvuri rekosnstruksiya qilindi. Boshqo‘rg‘on mahallasiga tortilgan yuqori bosimli d-114 mmli gaz quvurini 3,0 km joyi yer ostidan yer ustiga chiqarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4840-sonli qarori asosida Samarqand viloyati, Payariq tumani bo‘yicha aholi honadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatish tashkillashtirilgan bo‘lib, ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali tabiiy gazni hisobga olish tizimini takomillashtirish, yo‘qotishlarni bartaraf etish, shuningdek iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlash maqsadida, bugungi kunda zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar birinchi navbatda aholining tabiiy gaz iste’moli va qarzdorlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarga o‘rnatish, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarini ularni o‘zlarining hisobidan tizimga ulash ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4840-sonli qaroriga asosan aholi iste’molchilariga zamonaviy elektron gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Shu bugungi kunga qadar “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tumandagi 15 000 (o‘n besh ming) ta honadonga elektron aqlli gaz hisoblagichlar o‘rnatildi.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan 29 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi 37 844 (o’ttiz yeti ming sakkiz yuz qirq to‘rt) nafar suyultirilgan gaz iste’molchilariga 8 ta ISUZU avtomashinasi orqali tasdiqlangan reja-jadval asosida 40-45 kun oralig’ida suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berilmoqda.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar sohalarga oid o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

 

 

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM