2023-yilning yanvar oyida byudjet daromadlari tushumi qanchaga bajarildi?

Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasi 2023-yilning yanvar oyida byudjet daromadlariga 6104,7 mln.so‘mlik tushum ta’minladi.

Jumladan, yanvar oyida aylanmadan olinadigan soliqga 183,1 mln.so‘m, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga 3769,1 mln.so‘m, tadbirkorlik faoliyati qat’iy belgilangan soliqga 139,9 mln.so‘m, jismoniy shaxslarning yer solig‘iga 349,2 mln.so‘m, jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘iga 155,2 mln.so‘m undirildi. Bundan tashqari, 4-chorakda byudjet daromadlariga 28753,9 mln.so‘mlik reja belgilangan, haqiqatda esa 30274,9 mln.so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 105,3 foizga (1521,0 mln.so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

Yanvar oyida 105 ta tadbirkorlik sub’ekti o‘rganilib, 76 tasiga ko‘maklashish zarur deb topildi. Shundan 6 tasiga 10,2 mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lovini qaytarish, 4 tasiga Ye_aktiv AAT, 5 tasiga Ye_ijara AAT avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak va 61 tasiga soliq qarzdorligi bo‘yicha ShXV ma’lumotlari berildi.

Tuman bo‘yicha yanvar oyida 175 nafar jismoniy shaxs o‘zini o‘zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida bu borada Yo’lovchilarni yengil avtomobillarda tashish xizmati yetakchilik qildi. Jumladan, ushbu yo‘nalishda 36 kishi o‘zini o‘zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.

Telegram messenjeridagi  Tadbirkor va Soliqchi guruhi orqali soliq to‘lovchilarning murojaatlari va savollariga malakali mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan javob qaytarilmoqda.

 

J.Yadgarov,

Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM