Fuqarolarning kadastr masalalari bilan bo'gliq murojaatlari o'rganildi

Joriy yilning 9-fevral kuni Payariq tuman 17-son bolalar musiqa va san'ati maktabida tuman hokimi Z.Ergashev, Davlat kadastrlar palatasi raisi o'rinbosari A.Suyunov  va viloyat mutasaddilari ishtirokida fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul bo'lib o'tdi. 

Unda jismoniy va yuridik shaxslarning ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, mutasaddilar tomonidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi. Qabul davomida jami 33 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lsa, har bir murojaat tegishli soha mutaxassislari bilan atroflicha o'rganib chiqildi hamda ularning ba'zilariga shu yerning o'zida huquqiy tushunchalar berildi.  Vaqt talab etiladigan murojaatlar yuzasidan joyida o'rganish bo'yicha mutasaddi rahbarlarga aniq ko'rsatmalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM