Boshcho'rash mahallasini og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha vazifalar belgilandi

Payariq tumanidagi Boshcho'rash mahalla fuqarolar yigʻinida 4 mingdan ortiq aholi yashaydi.

Bugun aholini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan muammolari o'z yechimini topadigan bo'ldi. Viloyat va tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan xalq qabulxonasi bilan birgalikda mahallada obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlarini olib borish, hududdagi infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash hamda og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Mahalla aholisi uchun bugungi kunda dolzarb muamolardan biri bu energiya taʼminoti va yo'l bilan bogʻliq masala hisoblanadi. Hududda 4 ta qishloq - Boshcho'rash, Oqtosh, Sohibkor va Baliqchi qishloqlari mavjud bo'lib, jami 270 ta beton ustunlar va 1 ta transformatord o'rnatish, 4 ta qishloqning 2,7 km tuproq ko‘chalarni shag‘allashtirish, 5 km asosiy yo‘lni ta'mirlash, Oqtosh qishlog‘ida yangi ichimlik suv inshooti qurish va 3,7 km suv va mahallaga 9.4 km aloqa tarmog‘i tortish hamda Boshcho'rash mahallasi binosini ta'mirlash va jihozlash rejalashtirilgan. Bugun Boshcho'rash mahallasida viloyat xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyev, tuman hokimining birinchi o'rinbosari U.Ollanov ham da viloyat va tuman tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda yuqoridagi masalalarga asosan vazifalar belgilab olindi. 
Shuningdek, rahbarlar xonadonma-xonadon yurib, aholining murojaatlari o'rganildi. Mahallada yashovchi ehtiyojmand oilalarga ehtiyojidan kelib chiqib moddiy yordam va qurilish materiallari olib beriladigan bo'ldi. Xususan, Baliqchi qishlog'ida yashovchi O.Sindarovning xonadonida ham bugun qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Rahbarlar ushbu xonadonda bo'lishib, qurilish ishlari bilan tanishishdi hamda oilaga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM