Aliment to`lovlarini undirish va oilalarni yarashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar

Joriy yilning 17-fevral kuni Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bo'limi boshlig'i Farrux Ibragimov ishtirokida "Aliment to`lovlarini undirish va oilalarni yarashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi. 

"Byuroning Payariq tuman bo‘limi ish yurituvida 2022-yil davomida 45.198 ta 441 mlrd. 046 mln. so‘mlik ijro hujjatlari mavjud bo‘lgan." - deydi F,Ibragimov anjuman avvalida.

Olib borilgan majburiy ijro xarakatlari davomida 34.959 ta 351 mlrd. 137 mln. so‘mlik ijro xujjatlari bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilinib, 13.920 ta ijro xujjatlari bo‘yicha 165 mlrd. 450 mln. so‘m, yoki 37,5 foiz amalda undirilib, ijro ishi yuritish tamomlangan.
Ish yurituvidagi 10.239 ta 89 mlrd. 908 mln. so‘mlik ijro hujjatlari yuzasidan ijro xarakatlari davom ettirilmoqda.
Davlat foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq 29.898 ta 148 mlrd. 155,1 mln. so‘mlik ijro hujjatlari yuzasidan ijro harakatlari olib borilib, shundan 24.612 ta 122 mlrd. 656 mln. so‘mlik ijro ishlari tamomlangan (tugatilgan).
Bu borada amalga oshirilgan ishlar davomida amalda undiruv 10.344 ta ijro xujjati bo‘yicha 69 mlrd. 838,5 mln. so‘m yoki 47,14 foizni tashkil qilgan.
5.286 ta 25 mlrd. 498,9 mln. sumlik ijro xujjatlari koldik bulib qolgan.
Soliq qarzdorligi undiruvi bo‘yicha 7.504 ta 127 mlrd. 559,7 mln. so‘mlik ijro hujjatlari yuzasidan ijro harakatlari olib borilib, shundan 5.837 ta 106 mlrd. 116,1 mln. so‘mlik ijro ishlari tamomlangan (tugatilgan).
Bu borada amalga oshirilgan ishlar davomida amalda undiruv 1.661 ta ijro hujjati bo‘yicha 62 mlrd. 477,5 mln. so‘mni tashkil qilgan. Bu 26,70 foizni tashkil qilgan.
1.669 ta 21 mlrd. 443,0 mln. so'mlik ijro hujjatlari qoldik bo'lib qolgan.
Jinoiy va ma’muriy undiruvlar bo‘yicha 10.420 ta 6 mlrd. 344 mln. so‘mlik ijro hujjatlari yuzasidan ijro harakatlari olib borilib, shundan 9.345 ta 4 mlrd 721 mln. so‘mlik ijro ishlari tamomlangan.
Bu borada amalga oshirilgan ishlar davomida amalda undiruv 5.023ta ijro hujjati bo‘yicha 2 mlrd 320 mln. so‘mni tashkil qilgan.
Davlat boji undiruvi yuzasidan 11.861 ta 11 mlrd. 014 mln. so‘mlik ijro hujjatlari yuzasidan ijro harakatlari olib borilib, shundan 9.325 ta 8 mlrd. 781 mln. so‘mlik ijro ishlari tamomlangan (tugatilgan).
Bu borada amalga oshirilgan ishlar davomida amalda undiruv 3.559 ta ijro hujjati bo‘yicha 2 mlrd. 634 mln. so‘mni tashkil qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qaroriga asosan davlat daromadiga o‘tkazish, yo‘q qilish, egasiga qaytarish  to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha 10 ta 206 mln. so‘mlik ijro hujjatlari yuzasidan ijro harakatlari olib borilib, shundan 96 ta 159 mln. so‘mlik ijro ishlari tamomlangan.
Bu borada amalga oshirilgan ishlar davomida amalda undiruv 95 ta ijro hujjati bo‘yicha 123 mln. so‘mni tashkil qilgan.
Jinoyat natijasida yetkazilgan zararlarni undirish bilan bog‘liq 7 ta 543 mln. sumlik ijro hujjatlari mavjud bo‘lgan, shundan o‘tgan davr mobaynida 6 ta 450 mln. so‘mlik ijro xujjatlari bo‘yicha ish yuritish tamomlangan. Qoldiqdagi ijro hujjatlarining 1 ta 2 mln. so‘mligining ikki oylik muddati o‘tgan.
Jami ijrosi tamomlangan va tugatilgan ijro hujjatlaridan 15.211 ta 145 mlrd. 410 mln. so‘mligining ikki oylik muddati buzilgan.
Qoldiqdagi 10.239 ta 89 mlrd. 908 mln. so‘mlik ijro hujjatlaridan 4.103 ta 41 mlrd. 970 mln. so‘mligining ikki oylik muddatlari buzilgan holda ijro harakatlari olib borilmoqda.
 “Temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” undiruvlar bo‘yicha joriy yilning yanvar-dekabr oyilarida 2 mlrd 640 mln. so‘mga bajarilgan.
Bugungi kunda 3.154 ta aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan ijro harakatlari olib borilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida bo‘lim tomonidan qarzdorlar bilan undiruvchilarga olib borilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari natijasida 393 nafar oilalar yarashtirilishiga erishilgan.
To‘lov qobiliyati yo‘q qarzdorlarning manzilli ro‘yxati tuzilib, ishsiz 188 nafar qarzdorlar doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlanib, undiruv ish haqiga qaratilgan.
Shuningdek, aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlangan 77 nafar qarzdorlarga nisbatan MJtKning 474-moddasiga asosan sud tartibida ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Matbuot ajnumani davomida jurnalistlar sohaga doir o['zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM