Sudlar korrupsiyaga mutlaqo qarshi

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini muntazam o‘rganib borish, qonunchilikdagi yangiliklar mazmunini xalq ongiga yetkazish maqsadida Payariq tumanlararo iqtisodiy sudining raisi B.Jo'rayev tomonidan “A.Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida “Sudlar korrupsiyaga mutlaqo qarshi” shiori ostida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvar kungi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-11-sonli va “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-12-sonli Farmonlarining mazmun-mohiyati yuzasidan fuqarolarga tushuncha berilib, “Yangi O‘zbekiston-yangi sud” tamoyili haqida ma’lumotlar berildi.
Sud raisi B.Jurayev korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini o‘rganish yuzasidan ham to‘xtalib o‘tdi.
Sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlar yuzasidan tushuntirishlar berilgandan so‘ng, fuqarolarning muammolari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi. Fuqarolar tomonidan o‘z yechimini topmayotgan huquqiy muammolar yuzasidan berilgan savollarga sud raisi tomonidan tushuntirishlar berilib, ko‘tarilgan muammolar ijobiy hal etilishi yuzasidan mahalla raisi va shu mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olindi.

Begzod Jo'rayev,

Payariq tumanlararo iqtisodiy sudining raisi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM