Xalq deputatlari Payariq tumani kengashining navbatdagi sessiyasi o'tkazildi

Bugun Xalq deputatlari Payariq tumani kengashining navbatdagi 78-sessiyasi o'tkazildi. Unda quyidasi masalalar ko'rib chiqildi.

1. Tuman sudlari tomonidan 2022-yil IV chorak davomida odil sudlovni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi axborotlari eshitildi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 250-sonli Qarorining tumandagi ijrosi bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Ollanovning hisoboti;

3. Tumanning “Dehqonobod-2” massividagi 130q konturdagi 1,5 gektar ariq va kanallardan iborat bo‘sh turgan yer maydonni tuman hokimligi zaxira yerlar hisobiga qaytarish bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari M.Husainovning hisoboti;

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Payariq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Q.Xudayqulovning mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi to‘g‘risidagi axboroti;

5. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i (G.Israilova) hamda tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari (M.Mirzaboyev)larning hisobotlari;

6. Tumanda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari M.Mirzaboyevning hisoboti;

7. Tumanda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar ajratish hamda monitoringini yuritish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida AT Xalq banki Payariq filiali boshqaruvchisi (O.Alibekov), ATB Agrobank Chelak filiali boshqaruvchisi (O‘.Boyzoqov)larning hisobotlari;

8. Tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni “Temir daftar”ga kiritish hamda daftardan chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida;

9. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston xalqiga Murojaati yuzasidan tumanda amalga oshiraladigan ishlar bo‘yicha tuman “Yo‘l xaritasi”ni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida;

10. Payriq tuman hokimining 2023-yil 15-fevraldagi “Tuman mahalliy byudjetining 2023-yil erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan foydalanish to‘g‘risida”gi 22-7-100-Q/23-sonli Qarori ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida;

11. Boshqa masalalar;

Sessiya ishini tuman hokimligining facebook ijtioiy tarmog'idagi quyidagi havolar orqali ko'rishingiz mumkin: https://fb.watch/iUiFOblHt2/ 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM