AYOLNI ULUG’LAMOQ – OILANI, VATANNI, HAYOTNI ULUG’LAMOQ DEMAKDIR!

Xalqimizda azaldan go‘zallik timsoli bo‘lgan xotin-qizlarimizga alohida hurmat ko‘rsatib kelingan.

Aslida ayolni bahorga qiyoslashadi. Chunki ayol ham bahor kabi tashrif buyurgan maskanlarini gulga burkaydi. 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni ayyomining ayni bahorning ilk kunlarida nishonlanishida ham ana shunday ajib hikmat bor.
Ayni paytda ular jamiyatning turli jabhalarida mehnat qilib yurtimiz taraqqiyotiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda.  
Bugun tumanimizdagi "Dostonbek" bazgohida sana munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.  Unda tumanimizning turli sohalari rivojiga munosib hissa qo‘shgan faol xotin-qizlarimiz bir piyola choy ustida diydorlashishdi.   
Tadbirda tuman hokimi Zafar Ergashev ishtirok etib, mo‘tabar onaxonlar, munis opa-singillarimizni bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Tadbir davomida tuman madaniyat bo'limi xonanadalari tomonidan ayollarimizga bag‘ishlangan bayramona chiqishlari barchaga ko‘tarinkilik bag'ishladi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM