Sogʼlom tanda -sifatli taʼlim

Bugun Samarqand viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tasarrufidagi Payariq tumani 1-son sport maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning mini-futbol, voleybol, stol tennis, shaxmat va shashka turlari boʼyicha  oʼqituvchilar oʼrtasida "Sogʼlom tanda -sifatli taʼlim" shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining 2-bosqich musobaqasi yakuniga yetdi. 

"Sog‘lom tanda - sifatli ta’lim" shiori ostida "Kasaba uyushmasi kubogi " sovrini uchun 2-10 mart kunlari  1,2,3,4 sektorlar bo‘yicha hududiy musobaqalari sportning 5 turi bo‘yicha sektorlarda 1-o‘rinni egallagan g‘oliblardan 92 nafar o‘qituvchilar, murabbiylar  tuman bosqichida ishtirok etishdi. Musobaqaning yakuniy tadbirida tuman  XTB mudiri M.Jabborov,  Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Payariq  tuman bo‘linmasi kengashi raisi A. Narzullayev  va tumandagi 1-son bolalar va o‘smirlar maktabi direktori M.O‘sarovlar ishtirok etib, sportchi ustozlarga omadlar tilashdi. Musobaqada voleybol turi bo‘yicha 1-o‘rinni  84-maktab jamoasi, mini futbol bo‘yicha 1-o‘rinni 62-maktab jamoasi, shaxmat turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni 18-maktabdan Sh.O‘sarov, erkaklar o‘rtasida 1-maktabdan S.Qayimov, shashka turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni 18-maktabdan R.Jalilova, erkaklar o‘rtasida 83-maktabdan M.Elmurodov, stol tennisi turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida  1-o‘rinni 65-maktabdan MMusurmonova, erkaklar o‘rtasida 65-maktabdanD.Gʻafforov faxrli o‘rinlarni egallab viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM