SO‘Z DEPUTAT SHAVKAT OCHILOVGA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Shavkat Ochilov bilan jurnalistlar o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

— Bugun zamon o‘zgarayapti, uning talabi, oldimizga qo‘yayotgan vazifalar ko‘lami ortib bormoqda, — deydi Sh. Ochilov. — Bu o‘z ustimizda tinmay ishlashimiz, aholi bilan ko‘proq muloqotlar tashkil etishimiz talab etiladi.
Davlatimiz aholi turmush farovonligini oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berayapti. Bunga javoban yaxshi yashab, yaxshi ishlash kerak. To‘g‘ri, qishloq  joylarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, yoshlar o‘rtasida ishsizlik muammosini bartaraf etish, yoshlarni ko‘proq tadbirkorlikka jalb etish hamon dolzarb. Bu borada hududimizda bir qancha ijobiy ishlarni amalga oshirishga erishdik. Masalan, «Sarbazor» mahallasini ancha vaqtdan buyon ichimlik suv muammosi qiynab kelayotgandi. Masalani tegishli tashkilotlar bilan o‘rganib, mahallaga ichimlik suv tarmog‘i tortildi. Bundan tashqari,  maktab va bitiruvchilar bilan doimiy hamkorlik o‘rnatganmiz. Ularning muammolarini hal etishni bosh maqsad qilib oldik.
Grafik asosida mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish an’anaga aylanib borayapti. Uchrashuvlar davomida aholi tomonidan ta’kidlangan muammolarning kelib chiqish sabablari, ularni hal etish chora-tadbirlari muhokama etilayapti. Ayniqsa, mahallalarni obodonlashtirish va boshqa ijtimoiy masalalar ham ko‘rib chiqilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilot mutasaddilari bilan tegishli vazifalarni belgilab olayapmiz.

Husniddin XOLDOROV.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM