Tinchlik - bebaho ne’mat!

Bugun Payariq tumani "Ko'ktepa" mahallasidagi 76-umumta'lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimligi va hamkor tashkilotlar, shuningdek, mahalla aholisi, maktab jamoasi ishtirok etishdi.
Unda tinchlik Alloh taoloning ulug‘ ne’mati ekanligi, uni saqlash har-bir kishining oliy darajadagi burchi, vazifasi bo‘lmog‘i hamda bu muqaddas zaminda har bir inson, ayniqsa, yoshlarimiz aziz ona Vatanimiz oldidagi fuqarolik burchlarini yaxshi anglab olmoqlari lozimligi ta’kidlandi. 
Tadbir davomida ishtirokchilarga "Soxta da‘volar" nomli hujjatli film namoyish etilib, fikr-mulohazalar bildirildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM