Yo'l transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar

Bugun IIB Yo'l harakati xavfsizligi tuman bo'limi boshlig'i Rahim Mavlonov ishtirokida "Yo'l transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

 

Anjuman avvalida Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashda Payariq tumani hududida joriy 2 oy davomida amalga oshirilgan xususida ma'lumot berib o'tdi.

Jumladan, Payariq tumani hududida Tezlikni cheklovchi yo‘l belgilari (30 km/soat,  11 dona) yo‘l belgilari, piyodalar o‘tish joyi (5.16.1 va 5.16.2 yo‘l belgilari o‘rnatilgan,  9 dona) yo‘laklari chizildi va Payariq tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi va tuman Obodonlashtirish boshqarmalariga 37 ta “Yozma ko‘rsatmalar” berildi. Shuningdek, ogohlantiruvchi 1.21 “Bolalar” yo‘l belgilari 6 ta, maktablar va odamlar serqatnov o‘tadigan joylarga 3 ta sun’iy notekisliklar o‘rnatilgan.

Yo‘l va ko‘chaning qoplama turi Payriq tumani Fidokor mahallasi Oxunboboev qishlog‘i  4R-49 8-km ga asfalt, Payariq tumani Qirqovul mahallasi Qirqovul qishlog‘i 100 metrli asfalt, Payariq tumani Bahor mahallasi Hakkari qishlog‘i 4R-48 48-km ga asfalt yotqizildi.

Payariq tumani Boshqo‘rg‘on mahallasi Muhammadi-3 qishloq ichki yo‘li tosh to‘kildi. 2023-yilning 2 oyi davomida 25 ta avtomashina yaroqsiz holga kelganligi uchun tuman Samarqand viloyat IIB JXX YXXB 8-TRIB dan hisobdan chiqarildi.

Payariq tumani IIB JX YXXB xodimlari maktablarda 24 ta, mahalla yig‘ilishlarida 36 ta, korxona va xo‘jaliklarda 18 ta suhbatlar o‘tkazildi.

Payariq tumani IIB YXXB MA bo'limida 2023-yil 1-yanvar kunidan 28-fevral kuniga qadar jami 2079 ta ma’muriy bayonnoma qabul qilinib, 885 ta ma’muriy bayonnomalarga belgilangan 186 700 000 (bir yuz sakson olti million yetti yuz ming) so'm jarimalar haydovchilar tomonidan undirilgan.

2023-yil 28-fevral kuniga qadar Payariq tumani IIB YHXB MA bo'limiga 47 ta mast xolda transport vositasini boshqarganligi uchun tuzilgan ma’muriy bayonnomalar kelgan bo'lib, shulardan 45 ta mast xolda  transport vositasini boshkarganligi uchun tuzilgan ma’muriy bayonnomalar Payariq tumani Sudiga jo'natilgan va haydovchilarga nisbatan tegishli ma’muriy choralar ko'rilgan

O'tgan 2 oy mobaynida mast holda transport vositasini boshqarib qoidabuzarlik sodir etishni hamda boshqaruvni yo'qotib yo'l-ulov hodisasini oldini olish maqsadida Payariq tumani mahallarida yig'ilishlar o'tkazilib, mahalla raislariga 15 ta taqdimnomalar kiritildi.

2023-yil 2 oy davomida Payariq tumani IIB YXXB xodimlari tomonidan 117 ta qoidabuzarlik aniqlangan bo'lib, shundan 2 ta haydovchi mast holda transport vositasini boshqarganligi sababli ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Shuningdek 68 qo'pol qoidabuzarlik aniqlangan bo'lib, 1 ta yuk tashish qoidalarini buzilishi, 3 ta uyali aloka vositasidan foydalanib transport vositasini boshqarganligi sababli, 15 ta tegilshi hujjatlarsiz, 4 ta to'xtash va to'xtab turish qoidalarini buzilish holatlari aniqlangan, 15 ta 133-modda YTH bo‘yicha 2 ta 134-modda YTH bo‘yicha, 1 ta 137-modda YTH sababli voqea joyidan ketib qolish bo‘yicha,  1 ta (139m) texnik nosoz T/V yo‘lga chiqarish bo‘yicha 3 ta (125m3q) tegishli ruxsatnomasiz T/V qayta jihozlash bo‘yicha, 1 ta (1285m2q) harakat oqimiga qarama-qarshi boshqarish bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Anjuman davomida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM