"Yashil makon" dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar

Bugun Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi Payariq tuman bo'limi boshlig'i Azim Samandarov ishtirokida "Yashil makon" dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi. 

So‘ngi yillarda aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Qimmatbaho navli daraxt va butalar kesilishiga morotoriy joriy qilinishi, daraxt kesganlik holatlari uchun jarima va kompensatsiyalar miqdorining oshirilishi shular jumlasidandir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentintning 2021-yil 30-dekabrdagi PF №-46 sonli  farmoniga asosan butun mamlakat miqyosida daraxtzorlarni ko‘paytirish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi tashkil etildi. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga maratoriy amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirildi.

Morotoriy talablarini buzganlik uchun huquqbuzarlar uchun ma’muriy jarimalar miqdori besh baravarga, daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan xolda qo‘llanilish belgilab qo‘yilgan.

Morotoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosini) bir pog‘ona pasaytirilish belgilab qo‘yilgan.

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida 2022-yil 1-apreldan boshlab aholi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Davlat ekologiya qo‘mitasining maxsus axborot tizimiga birinchi bo‘lib daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, yo‘q qilish va boshqa joyga ko‘chirib o‘tganlik bo‘yicha huquqbuzarliklar haqida fotosurat va videoyozuvlar yuborganlarga huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar xisobidan bazaviy xisoblash miqdorining bir baravariga teng miqdordagi pul mukofati bilan rag‘batlantirish joriy etilgan.

 Jumladan, tumanimizda 2022 yil bahor mavsimida  906  ming tup kuchat ekish rejasi tashkilotlar kesimida taksimlanib  rejaga nisbatan tashkilotlar tamonidan  1021 ming tup mevali va manzarali  daraxtlar ekilib rejani 112.6 foyizga  bajarildi. Payariq tumanida 2022-yil bahor mavsumida Payariq tumani “Choshtepa” MFY xududidan 1,6 ga yer maydonida “Yashil bog‘” barpo etilib 2000-dona Pavloniya ko‘chatlari ekildi.Ekilgan Pavloniya ko‘chatlarini sug‘orish tizimi qishloq xo‘jaligidagi  mahalliy ariqdan sug‘orish tizimidan foydalaniladi. “Yashil bog‘da” ekilgan daraxtlarni parvarish qilish, muhofaza qilish hamda ularning mahsuldorligini oshirish Samarqand viloyat Yo‘lko‘kalam DUK zimmasiga yuklatilgan.

Payariq tumanida “Yashil jamoat parklari” uchun Payariq tumani X.Ismoil  MFY  xududidan Payariq tumani xokimligi tomonidan 2,5 ga yer maydonida “Yashil jamoat parklari” barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib hozirgi kunda ushbu rejalashtirilgan yer maydoni atrofida zamonaviy mexmonxonalar va savdo majmualari qurilayotganligi sababli “Yashil jamoat parklari”da har xil turdagi dov-daraxtlarning ekilish ishlari  vaqtinchalik  amalga oshirilmay turibdi  “Yashil makon” platformasini yaratish va faoliyatini ta’minlash, daraxtlarni biriktirish, xususan tegishli ko‘rsatmalar berish.

Payariq tumani “Choshtepa” MFY xududidan 1,6 ga yer maydonida barpo etilgan “Yashil bog‘”da ekilgan 2000-tup Pavloniya ko‘chatlari  Samarqand viloyat Yo‘lko‘kalam DUK Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i M.Qarshiboevga parvarish qilish, o‘z vaqtida sug‘orish va kelajakda qurib qolmaslik choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilib, Elektron platformaga kirtiligan va  Samarqand viloyat Yo‘lko‘kalam DUK Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i M.Qarshiboev bilan ekilgan ko‘chatlarni ma’sullarga biriktirish Dalolatnomasi tuzilgan.

Payariq tuman shtabi tomonidan kuz mavsumida ekiladigan manzarali va mevali daraxtlar rejasi ishlab chiqilib, 2022-yil kuz mavsumida 543040 dona daraxt va butalar ko‘chatlari boshqarmalar, idoralar, tashkilotlar tomonidan ekilishini samarali tashkil etish, faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda kunlik nazorati amalga oshirib borilmoqda.

Payariq tumanida 543 040 dona daraxt va butalar ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, mavsum boshidan buyon xozirgi kunga qadar tuman shtabi tomonidan 455 560 dona dov daraxtlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan elektron platformaga 444 649 dona (18.11.2022 yil holatiga)  daraxtlarni bazada tasdiqlanib, rasmlari va joylashgan joylari  bilan joylashtirildi.

Har bir ekilgan ko‘chatlarni ekkan ma’sullarga biriktirish dalolatnomasi tuzilgan.

Payariq tuman markaziy ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 2022-yil tumandagi “Yoshlar bog‘i” dagi dov-daraxtlarni sug‘orish maqsadidan Respublika dasturi asosida bir dona yer osti artezian qudug‘i burg‘ulanishi rejalashtirilgan bo‘lib xozirgi kunda burg‘ulanmoqda. Bundan tashqari tumanning Samarqand ko‘chasidagi (1,2 km masofadagi) piyodalar yo‘lakchasi yoqasiga ekilgan dov daraxtlarni sug‘orish maqsadida Respublika dasturi asosida (234 000 000 mablag‘ evaziga) bir dona yer osti artezian qudug‘i burg‘ulanib sug‘orish tizimini joriy qilindi.

Bundan tashqari Payariq tumani Nariman shaharchasi markaziy ko‘chalari atrofida piyodalar yo‘lakchasi barpo etilib, xar bir piyodalar yo‘lakchasi yoqasiga voyish uchun uzum ko‘chatlari va har xil turdagi manzarali ko‘chatlar ekilib xozirgi kunda zamonaviy sachiratib  (Poliv) sug‘orish tizimlari o‘rnatilgan.

Payariq tuman Payariq shaharchasi A.Navoiy mahallasi Zebiniso ko‘chasida sug‘orish tizimlarini yo‘lga qo‘ygan holda “Kashtan” ko‘chasi va Mustaqillik MFY Yangihayot ko‘chasida “Yasin” ko‘chalari tashkillashtirilib nomlar berish rejalashtirilgan.

Daraxt va butalarning zararkunandalari hamda kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlariga tumandagi har bir karxona tashkilotlar o‘zlari ekkan dov-daraxtlarni kasallanishi, qurib qolishini oldini olish maqsadida O‘simliklarni ximoya qilish karantini inspeksiyasi bilan kelishilgan xolda shartnomalar tuzib hamkorlikda ish olib borishlari belgilab qo‘yilgan.

2023-yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida Payariq tumanida 898.85 dona daraxt va butalar ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, mavsum boshidan buyon hozirgi kunga qadar tuman shtabi tomonidan 871.48 dona dov daraxtlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan elektron platformaga 826.57 dona (28.03.2023 yil holatiga)  daraxtlarni  bazada tasdiqlanib rasmlari va joylashgan joylari  bilan joylashtirildi.

Tumanda faoliyat olib borayotgan tadtirkorlarimiz tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘z hissalarini qo‘shib bormoqda. Xususan “BUYUK ZAMIN INOMI” F/X tomonidan Payariq tuman Polvanariq MFY hududiga jami 250 ming tup bodom ko‘chatlari 350 gektar tomchilatib sug‘arish bilan tashkil qilingan.

Payariq tuman Boshqo‘rash MFY xududidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi  doyrasida tumanda faoliyat olib borayotgan tadtirkorlarimiz “ 2-SON MKK ” MChJ tomonidan 70 ming dona bodom ko‘chatlari 90 ga tomchilatib sug‘arish bilan tashkil qilingan va “Yashil makon” umummilliy loyihasi  doyrasiga o‘z xisasini qo‘shib bormoqda.

Payariq tuman Taraqqiyot MFY xududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi  doyrasida tumanda faoliyat olib borayotgan tadtirkorlarimiz “eko zamin biznes group” MChJ tomonidan 38 ming dona Povloniya ko‘chatlari 30 ga tomchilatib sug‘arish bilan tashkil qilingan va “Yashil makon” umummilliy loyihasi  doyrasiga o‘z xisasini qo‘shib bormoqda. Shu bilan bir qatorda tumandagi 65-ta maxalalamimizda tuman axolisi tomonidan   156.69 ming dona “Yashil makon” umummilliy loyihasi  doyrasiga xar xil turdagi ko‘chatlar ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tumanda faoliyat olib borayotgan “Shohimardon Asqarov ” O/K tomonidan tumandagi markaziy chiqindixona atrofiga 3 mind dona xar xil turdagi suvsizlikga chidamli daraxt ko‘chatlari ekilib, chiqindixonadan ko‘tarilayotgan xar xil xidlarni va paletilen maxsulotlarni atrofga tarqaligishi oldini olish borasida  ishlar amalga oshirilgan.

Bundan tashqari tumandagi har bir mahallada kam ta’minlangan oilalarga 10 donadan mevali daraxt ko‘chatlari, tuman budjetidan va homiylik sifatida tarqatilishi belgilab olingan bo‘lib, hozirgi kunda ro‘yhati mahallalar tomonidan shakllantirilmoqda.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM