Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, navbatdagi vazifalar

Payariq tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Saidazim Utamurodov ishtirokida "Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, navbatdagi vazifalar" mavzusida anjuman o'tkazildi.

Ma’lumki, so‘ngi yillarda mamlakatimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga kotarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar, degan tamoyilni ilgari surishi va bu davlat siyosatining ustuvor yonalishiga aylanishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassam.  Bu esa, oz navbatida, barcha sohalarda ulkan ijobiy o‘zgarishlar yuz berishiga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, yurtimizda sog‘liqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish, tibbiyot muassasalarini eng ilg‘or tibbiy apparaturalar bilan ta’minlash, tuman markazlaridan uzoqda yashovchi aholiga sifatli tibbiy xizmatni tashkil etish va murakkab amaliyotlarni tuman darajasida bajarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar orqali bugun mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, odamlar hayotini yaxshilash bosh maqsad etib belgilanganini ko‘rishimiz mumkin.

Shu o‘rinda, o‘tgan 2022-yil ham tumanimiz tibbiyoti tarixida o‘ziga xos, unutilmas yil bo‘ldi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugungi kunda Payariq tumanida 485 o‘rinli 1 ta shifoxona, 1 ta tumanlararo perinatal markaz , 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 3 ta oilaviy poliklinika,  21 ta oilaviy shifokorlik punktlari,  15 ta mahalla tibbiyot punklari,  3 ta hususiy klinikalar, 121 ta tibbiy brigadalarida jami 359 nafar shifokor va 2227  nafar o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘tgan 2022 yil davomida tibbiyot muassasalariga aholi tomonidan 1388789 ta qatnovlar amalga oshirilib, aholi jon boshiga 5.2 qatnovga yetkazildi.

Tumanda 2022-yilda 7 ta yangi oilaviy shifokorlik punktilari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-215-sonli qaror bilan tumanimiz hududlarida 10 ta maxsus konteynerlar joylashtirilib, mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish belgilangan edi. Amalda esa, jami 14 ta ana shunday tibbiyot punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida esa, 29743 nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat yaqinlashtirildi.

- Diabetik, yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash maqsadida o‘tkazilgan skrining tadbirlari natijasida 71116 nafar, ayollar saratoni kasalliklarini erta aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan skrining tadbirlarida esa,  16713 ming nafar ayollar qamrab olindi.

-"Qishloq shifokori" dasturi doirasida tumanimizning olis hududlaridagi 2 ta oilaviy shifokorlik punktlarida 8 nafar shifokor ish boshladi.

-O‘tgan 2022 yilda 311 ta yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lgan bemorlar uchun davolanish imkoniyati yaratildi.

- Mahalliy budjet mablag‘lari xisobidan tumanlararo Perinatal markazlarini ta’mirlash uchun 1,2 mlrd. so‘m, tibbiy asbob-uskunalar uchun esa,  1,2 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.

- Ta’kidlab o‘tilgan barcha yutuqlarimiz, avvalo, mehnatkash va bunyodkor xalqimiz salomatligini mustahkamalash yo‘lida hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlardir.

Bu boradagi ijobiy o‘zgarishlarni yana uzoq sanash mumkin. Eng muhimi, O‘zbekiston tarixida ijtimoiy soha bo‘yicha hech qachon bo‘lmagan bunday ko‘lamdor yangilanishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

2022-yil 20-dekabr kuni Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda 30 dekabr kuni “Ma’muriy islohotlarni” amalga oshirish bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishlarida tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlarni rivojlantirish bo‘yicha qator topshiriq va vazifalar berildi.

Jumladan, tibbiyotda rahbar kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida urg‘u berilib, ularga bo‘lgan talablar belgilandi. Bugungi rahbar faol, tashabbuskor va albatta o‘z yo‘nalishi bo‘yicha natija ko‘rsata oladigan shaxs bo‘lishi lozim.

Shu bois, “Barchasi inson qadri uchun” degan g‘oyani oliy maqsad qilib olgan holda, joriy yilda aholi salomatligini saqlash yo‘lida amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratsak. 

Birinchi yo‘nalish:

Sog‘liqni saqlash sohasini “Korrupsiyadan xoli tizim”ga aylantirish yo‘nalishidir. Bunda, tizimdagi ayrim nopok xodimlar tomonidan tizim sha’niga dog‘ bo‘layotgan “Ishga joylashtirish, tug‘ruqxonalardagi “suyunchi puli”, “kesarcha kesish” uchun belgilangan “stavka”lar, tibbiy yo‘llanma berishdagi tanish-bilishchilik kabi illatlarni yo‘qotish va oldini olish. Buning uchun barcha hududlarda ishonch telefonlarini qayta tashkil etish, unda nafaqat hududiy muassasa bosh shifokorining balki shaxsan mening va tibbiyot birlashmalari rahbarlarining shaxsiy telefon raqamlarini kiritish lozim bo‘ladi.

Ikkinchi yo‘nalish:

 “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” yo‘nalishi. Yangi, umummilliy harakat strategiyasini ijrosini ta’minlash choralari ko‘riladi.

Aholi orasida profilaktik tibbiyotni o‘rni va rolini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimining qaysi bo‘g‘inida faoliyat ko‘rsatishidan qat’iy nazar, shifokor va hamshiralarning eng asosiy vazifasi kasalliklarni erta aniqlash va profilaktikasini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik hamda to‘g‘ri ovqatlanishni aholi orasida keng va muntazam targ‘ib qilishdan iborat bo‘ladi. Buning uchun hamkor idora va tashkilotlar bilan birgalikda mahallalarda “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” yangi umummilliy harakatini amalga oshirish hamda alohida ishlab chiqilgan strategiyaga asosan Mahalla faollari, sportchilar, ta’lim sohasi vakillari, xotin-qizlar, yoshlar va ommaviy axborot vositalarining faol ishtirokini ta’minlash talab etiladi.

“To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” umummilliy harakatining mahallalarda tatbiq qilinishiga hududiy sog‘liqni saqlash tizimi mudirlari bevosita mas’ul va javobgar bo‘lishlari kerak.

Uchinchi yo‘nalish:

Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish yo‘nalishi. Bunda, Davlatimiz rahbarining 6110-sonli Farmoniga asosan 8 ta oilaviy shifokorlik punktlari ochish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, joriy yilda  10 ta  maxalla tibbiyot  punktlari tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Har bir oilaviy poliklinika va shifokorlik punktiga eng kerakli uskuna va jihozlar yetkazib berilib, ekspress laboratoriyalar yangilanib, kadrlar ta’minoti yaxshilanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiy yordamning kafolatlangan paketini ambulator-poliklinika muassasalari hamda tuman  shifoxonalari faoliyatiga to‘liq tadbiq etiladi.

Tumanimizning 1 ta KTMP, 21 ta oilaviy shifokor punkti va 3 ta oilaviy poliklinikalarda  mehnati samaradorligini reyting tizimida baholash amaliyoti joriy etiladi.

84665 nafar aholi onkologik, endokrinologik va kardiologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkaziladi.

Bundan tashqari 17589 nafar xotin-qizlar ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratoni kasalligini erta  bosqichlarda aniqlash va 81989 nafar bolalar pediatr, stomatolog, endokrinolog va ortoped kabi eng zarur mutaxassislar tomonidan manzilli tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

To‘rtinchi yo‘nalish:

Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni yaxshilash yo‘nalishi. Bu borada tumanimizdagi 318  nafar imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ixtisoslashtirilgan markazlar, hududiy tibbiyot muassasalari va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida davolanishi tashkillashtiriladi.

Beshinchi yo‘nalish:

Onalik va bolalikni muxofaza qilish yo‘nalishi. Albatta,  bu boradagi ishlarimizni yanada takomillashtirishimiz dolzarb vaziflarimizdan biri bo‘lib qoladi. Aytish joizki, so‘nggi besh yil davomida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni tizimli ravishda muhofaza qilish imkonini yaratdi. Natijada onalar va go‘daklar o‘limining kamayishiga erishildi. Jumladan, tumanimizda ohirgi 5 yil davomida onalar o‘limi yuk, go‘daklar o‘limi esa 3 barobarga kamaydi.

Kelgusida quyidagilar onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:

- sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida onalar va bolalar o‘rtasida kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash;

- sog‘lom farzand tug‘ilishi, rivojlanishi va tarbiyasi masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollikni oshirishni targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish;

- bolalar, homilador hamda emizikli ayollarni vitamin va minerallar bilan bepul ta’minlash hamda maqsadli skrining tadbirlari orqali kasalliklarning samarali profilaktikasini olib borish;

-homilador va tuqqan ayollar hamda tug‘ilgan chaqaloqlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish uchun tuman perinatal tug‘ruq majmuasida qo‘shimcha tug‘ruq o‘rinlar tashkil etish;

Oltinchi yo‘nalish:

Bugungi kunda tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 4 nafar shifokorlarning yetakchi xorijiy klinikalarda budjet mablag‘lari hisobidan malaka oshirishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar kengaytiriladi.

Tumanda yangi yuqori-texnologik tibbiyot amaliyotlarini joriy qilish maqsadida 15 ta yo‘nalish bo‘yicha viloyat hamda Respublika miqiyosida malakali mutaxassislari jalb etiladi.

Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida tor soha yo‘nalishda shifokor vakant lavozimlarni to‘ldirish maqsadida shifokorlar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining diplomdan keyingi ta’lim fakultetlarida mutaxassislik bo‘yicha birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida (internatura) o‘qitiladi.

Yettinchi yo‘nalish:

Tibbiyotni raqamlashtirishni jadallashtirish yo‘nalishi. Tizimda elektron xizmatlar qamrovini oshirish va bu orqali aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish. «Elektron sog‘liqni saqlash» axborot tizimini barcha tibbiyot muassasalarida joriy etish lozim.

Buning uchun barcha tibbiyot muassasalarini zarur kompyuter jamlanmalari va internet tarmog‘i bilan ta’minlash, xodimlarning kompyuter savodxonligin oshirish, ularni “IT markazlarida” malaka oshirishlarini ta’minlash hamda raqamli tibbiy qulayliklaridan foydalanish yuzasidan aholining xabardorlik darajasini oshirish masalalari ko‘riladi.

Tuman Tibbiyot birlashmasi hamda hududlardan ma’lumotlar muntazam berib borilishi, har kuni har bir hududdan kamida bittadan axborot, yangiliklar uch tilda,  o‘zbek, rus va ingliz tillarida berib borilishi, tibbiyot sohasini yoritishda jurnalist va blogerlarning imkoniyatlaridan unumli foydalanish choralari ko‘riladi.

Sakkizinchi yo‘nalish:

 Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida Davlat tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish ta’kidlab o‘tildi. Buning uchun tumanimizda tibbiy sug‘urta tizimini 2024 yilda joriy qilish uchun tibbiyot muassasalari to‘liq raqamlashtiriladi va natijada har bir bemor qachon, qaerda va qanday davolanishi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi.

To‘qqizinchi yo‘nalish:

Aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni o‘z vaqtida ijobiy hal etish.  O‘tgan 2022 yilda birlashmaga aholi murojjatlari soni 2021 yilga nisbatan 30 taga  ko‘paygan. Xususan, birlashmaga 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 537 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu o‘tgan 2021 yilning mos davriga nisbatan 30 ta, ya’ni 0,6% foizga ortgan. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, aholi murojaatlarining dinamikasi tizimning aholiga qay darajada xizmat qilayotganligini ko‘rsatuvchi asosiy indikatorlardan biridir. Yuqoridagilarni inobatga olib, aholi murojaatlari bilan jiddiy shug‘ullanish har bir rahbar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lmog‘i lozim. Birlashmada aholidan tushayotgan murojaatlar uchun alohida telegram kanali ishga tushiriladi. Hududlarda fuqarolarning murojaatlarini muddatida ko‘rib chiqmagan va bu boradagi ishlarni asossiz susaytirgan mas’ullarga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash tizimi joriy etiladi.

Tibbiyot birlashmalari rahbarlari xalq deputatlari tuman  Kengashlarida har 6 oyda hisobotlari, poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlari mudirlarining esa mahalla fuqarolar yig‘inlarida har chorakda axborotlarini berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘ninchi yo‘nalish:

Shuningdek, joriy yilda tizimiga ajratilgan mablag‘lar doirasida jami 4 ta (shundan 1tasi mahalla tibbiyot punktlari hamda 3 tasi oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalar) 65 kVt. quvvatga ega quyosh panellari xarid qilish va  ishga tushirish rejalashtirilgan.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM