“Mehr daftari”dagi yoshlarning nechi nafari talabalikka qabul qilingan?

Tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish shu’basi mudiri Ma'ruf Obulfayziyev tumanda "Mehr daftari" bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-son qaroriga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 26-sonli Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimi joriy etildi.

“Mehr daftari” bu - Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga hamda jamiyatga ijtimoiylashuviga ko‘maklashish, shuningdek bolalarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lish sabablarini har tamonlama o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ularning oldini olish maqsadida tashkil etilgan tizim hisoblanadi.

“Mehr daftari” tizimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun  viloyat hokimliklari tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mehr daftari” jamg‘armasi tashkil etilgan. Ushbu jamg‘arma mablag‘larini homiylik mablag‘lari, 2022-yilning 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning sof tushumining uch (3) foizi miqdoridagi ajratmalar, shuningdek, qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantirish belgilangan.

“Mehr daftari” axborot tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritilishi va haqqoniyligini Milliy gvardiyaning hududiy bo‘limlari tomonidan  nazorat qilinadi.

“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarning muammolari, ehtiyoji va qiziqishlari o‘rganilib, Bolalarni himoya qilish shu’basi tomonidan “Yo‘l xaritasi” tayorlanadi. Yo‘l xaritada yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarning muammolari, extiyoji va qiziqishlarini xal etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar, ijro etish muddati, amalga oshirishga ma’sullar va sarflanadigan xarajatlar miqdori ko‘rsatib o‘tiladi. Vasiylik kengashi tomonidan “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan yordam ko‘rsatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

“Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning yo‘nalishlari;

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolarini xal etish, istedodlarini  qo‘llab-quvvatlash, bolalarni xayotga tayorlash ularning ta’lim tarbiyasini tashkil etish, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, nogiron va surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalarning sog‘ligini tiklash va saqlash hamda kommunal to‘lovlari bo‘yicha qarzdolikni qoplashda amaliy yordam beriladi.

“Mehr daftari” jamg‘armasi mablarining ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda yo‘naltirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

2022-yil davomida 52 nafar (24 nafar o‘g‘il bolalar, 28-nafar qiz bolalar) chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning hujjatlari to‘planib, ularning hammasi “Mehr daftari”ga kiritildi. Bugungi kunga qadar platformaga kiritilgan 45 nafar yoshlarga 1 dona Planshet, 19 dona Noutbuk, 2 ta Noutbuk sumkasi, 1 dona Telefon (A33), 4 dona Monoblok, 4 ta Futbol anjomlari (komplekt), 2 dona Velosiped, 1 dona Bolgarka, 11 dona Booknomy (ingliz, rus va koreys tillari), 7 dona tikuv mashinkasi taqdim etildi. Qolgan yoshlarning qiziqishlarining ijrosini 2023-yilning II choragida ta’minlash rejalashtirilgan. “Mehr daftari”ga kiritilgan 9 nafar yoshlarga OTMga tavsiyalar berilgan bo‘lib, shundan 8 nafari davlat granti asosida talabalikga qabul qilindi.

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM