Hududda aholini gaz bilan ta'minlash holati: sohadagi muammo va kamchiliklar

“Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi Aholi iste’molchilari bilan ishlash xizmati boshlig‘i ishtirokida "Hududda aholini gaz bilan ta'minlash holati: sohadagi muammo va kamchiliklar" mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

 

 Payariq tumanida jami 65 ta MFY  mavjud bo‘lib, shundan 36 tasi  tabiiy gaz va 29 tasi to‘liq suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan. Ushbu mahallalarda  57403 ta iste’molchi bo‘lib, shundan 15596 ta tabiiy gaz va 41807 tasi esa suyultirilgan gaz iste’molchilari hisoblanadi.

Payariq tumanidagi tabiy gaz iste’molchilarini bir ma’romda tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun 4 ta: Payariq-1, Payariq-2, Yangiqo‘rg‘on, Shimoliy GRS lari orqali tabiiy gaz olinib, tumandagi  mavjud yuqori bosimli 97 dona va o‘rta bosimli 554 dona,  jami 651 dona gaz taqsimlash qurilmalari mavjud bo‘lib, barcha gaz taqsimlash qurilmalari soz holatga keltirilib, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga bir me’yorda tabiiy gaz yetkazib berish ta’minlangan. Tuman hududida past bosimli 827,8 km, o‘rta bosimli 221,9 km va yuqori bosimli 94,6 km, jami 1144,3 km gaz tarmoqlari mavjud bo‘lib, shundan: 188,1 km yer osti hamda 956,2 km yer usti gaz tarmoqlari hisoblanadi.

2023-2024-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va aholi hamda ijtimoiy soha ob’eklarini bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida           5 dona yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasi mukammal ta’mirlanib, qolgan 646 dona GTQ si to‘liq taftishdan o‘tkazilishi dasturga kiritilgan. 28 km gaz quvuri havo bosimi (kompressor) yordamida zichlikka sinash va tozalash, 50 km gaz quvurlari pribor usuli bilan tekshirish, 15 km yer usti gaz tarmog‘i tartib (rixtovka) ga keltirilib bo‘yoqlash 2023-yil aprel-avgust oylariga rejalashtirilgan. 2023-yil davomida Chelak shahrini ta’minlovchi Yangi qo‘rg‘on GRSdan  GRSdan kelayotgan aholi iste’molchilarining gaz ta’minoti yaxshilash maqsadida 1,1 km gaz quvuri rekosnstruksiya qilindi va to‘liq bo‘yoqlash ishlari bajarildi.Xo‘ja Ismoil mahallasiga tortilgan har hil diametrdagi uzunligi 2 km yer usti gaz quvurlari estetik jihatdan tartibga keltirildi va bo‘yoqlandi, hamda ushbu hududda joylashgan gaz taqsimlash qurilmalarida navbatdagi taftish ishlarini bajarish boshlab yuborilgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4840-sonli qarori asosida Samarqand viloyati, Payariq tumani bo‘yicha aholi honadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatish tashkillashtirilgan bo‘lib, ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali tabiiy gazni hisobga olish tizimini takomillashtirish, yo‘qotishlarni bartaraf etish, shuningdek iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlash maqsadida, bugungi kunda zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar birinchi navbatda aholining tabiiy gaz iste’moli va qarzdorlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarga o‘rnatish, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarini ularni o‘zlarining hisobidan tizimga ulash ishlari olib borilmoqda.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4840-sonli qaroriga asosan aholi iste’molchilariga zamonaviy elektron gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Shu bugungi kunga qadar “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tumandagi 15 000 (o‘n besh ming) ta honadonga elektron aqlli gaz hisoblagichlar o‘rnatildi.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan 29 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi 37 844 (o’ttiz yeti ming sakkiz yuz qirq to‘rt) nafar suyultirilgan gaz iste’molchilariga 8 ta ISUZU avtomashinasi orqali tasdiqlangan reja-jadval asosida 40-45 kun oralig’ida suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berilmoqda. Maishiy gaz ballonlarga bo‘lgan yangi ehtiyojkarni qondirish maqsadida, 2023-yilda 274 dona yangi maishiy gaz ballonlari aholi iste’molchilariga tarqatildi. 2023-yil I choragida 1 627,26 tn suyultirilgan gaz mahsulotlari tumandagi suyultirilgan gaz iste’molchilariga yetkazib berildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM