Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Bahor mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolarning kredit bilan bo'gliq murojaati e'lon qilindi.

Ushbu holat yuzasidan AT Xalq banki Payariq filiali ma’lum qilishicha, Payariq tumani Bahor mahallasida yashovchi fuqarolarga 2021-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrda 4498-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida mahalla va sektor rahbarlarining tavsiyalariga asosan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun turli maqsadlarda kredit mablag’lari ajratib berilgan.

Jumladan, Namangan viloyati Mingbuloq tumani Qo‘riqobod MFYdan kelgan "Oydin sof dil "MChJ tomonidan Bahor mahallasi fuqarolari Axmedov Xayrulla Xolbayevich, Xolboyev Maxsud Baxtiyor og’li, Karshiyeva Orzigul Maxmitovna, Dilmanov Sherzod Sunnatovich, To’xliyev Baxrom Ergashevich, Umarova Munojat Yunusovna, Umarova Gulnoza Kamoliddinovna, Sobirov Akbarjon Kamoliddinovich, Abdurashidov Elmurod Mamasharipovich va Abdurashidova Gulzoda Mansurovnalarga ta’minotchi korxona tomonidan shartnomadagi naslli qo’ylar keltirilganligi mijoz tomonidan taqdim qilingan rozilik xati hamda monitoring dalolatnomalariga asosan aniqlangan.

Fuqaro Norqulova Lobar Abdukarimovna hamda Aliqulov Sherzod Ravshanovichlarga ham kredit ajratilgunga qadar o’tkazilgan monitoring natijalari hamda mijozlarning roziligiga asosan shartnomadagi qo’ylar keltirilganligi aniqlanib, kredit ajratib berilgan.  2023-yil mart oyida mazkur fuqarolar Norqulova Lobar Abdukarimovna hamda Aliqulov Sherzod Ravshanovich tomonidan keltirilgan vajlarga kredit ajratilguncha o’tkazilgan monitoringda bank xodimlariga qo’shnisining qo’ylarini uyiga olib kelib, soxta rozilik xati berganligi oydinlashdi.     

Ariza bergan Xudoyberdiyev Jonrid Avazbekovich (mahsulotlarni “Payariq Invest Agro” MCHJdan mahsulot olgan) "Oydin sof dil "MChJ bilan shartnoma imzolamagan, Raimov Obidin Ochilovichga esa avtomobillarga karcher xizmati tashkil etish uchun kredit ajratilgan bo’lib, ta’minotchi sifatida “Nuroniy Jumanazar” OK ko’rsatilgan.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM