Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi

Payariq tumani "Burqut" mahallasida joylashgan 76-umumta’lim maktabida tuman hokimligi, Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi , ”Veteran” jangchi faxriylar va nogironlar tuman bo‘limi hamkorligida 9-may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda  Qashqadaryo, Buxoro, Sirdaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridan kelgan baynalmilal janchi faxriylar ham ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Nuroniylar  va baynalmilal janchi faxriylar o‘zlarining sermazmun hayot yo'llari haqida yoshlarimizga so‘zlab  berishdilar. Yoshlarimiz uchun hech qachon bunday sharoit va imkoniyatlar yaratilmaganligi, buning qadriga yetish, yoshlarga Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik, ruhida bo‘lishlari haqida  tushunchalar berildi. Ushbu tadbir yoshlarimiz qalbida chuqur iz qoldirdi. Uch avlod vakillarining uchrashuvi o‘ziga xos muloqot maydoni bo‘ldi. Hayotda qayerda ustoz va shogirdlik an’anasi bardavom  bo‘lsa, ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Negaki, keksa avlod  vakillarining boy tajribasi yoshlar g‘ayrati bilan omuxta bo‘lsagina  barcha ko‘zlangan maqsadlarga erishiladi. Tumandagi barcha mahalla hamda  ta’lim muassasalarida “Uch avlod vakillari uchrashuvlari” davom etmoqda.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM