Tinchlik uchun, Vatan uchun, musaffo osmon uchun rahmat! 

Butun dunyoni larzaga solgan va haligacha insoniyat xotirasidan o‘chmagan Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba yurtimizda keng nishonlanmoqda.

"9-may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Payariq tumanida Samarqand viloyati prokurori Jahongir Xotamov, tuman hokimi Zafar Ergashev, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi mas’ullari va jamoatchilik vakillari "Zarafshon" mahallasida keksalik gashtini surayotgan, 100 yoshni qarshilagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mahmadali Siddiqovning xonadoniga bo‘lib, otaxonni bayram bilan tabrikladi.
Urush qatnashchisiga Prezidentimizning bayram tabrigi o‘qib eshittirilib, 18 million so‘m pul mukofoti va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM