Shikoyat arizasi qanoatlantirishdan rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Payariq tumani “Qumchiq” mahallasi X.Shovqiyev ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Raimqulova murojaat yo‘llagan bo‘lib, unda “Bunyodkor” mahallasi Istiqbol ko‘chasida joylashgan yomg‘ir suvlarini olib chiqishga mo‘ljallangan kollektorning qirg‘oq mintaqasida o‘zboshimchalik bilan kovlab qurilish qilinayotganidan shikoyat qilingan.

Holat bo'yicha Payariq tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan Chelak shahri U.Shovqiyev ko‘chasida yashovchi fuqaro Rayimqulova Nargizaning fuqaro Toirov Obid tomonidan himoya hududida noqonuniy qurilishlar qurayotganligi masalasida qilgan murojaati yuzasidan o‘rganib chiqilganda quyidagilar aniqlandi.

Haqiqatdan ham fuqaro Rayimqulova Nargizaning murojaatida ko‘rsatilgan yer maydonini fuqaro Toirov Obidjon 2019-yil 25-martda ochiq onlayn auksion savdolari orqali YU 0711-000028-sonli bayonnomaga asosan sotib olganligi, ushbu bayonnomaga asosan ushbu yer maydoni tuman hokimining 2019-yil 20-iyuldagi 2332-Q-sonli qaroriga asosan fuqaro Toirov Obidjonga savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish uchun 0,01 kv.metr yer maydoni ajratib berganligi, 2022-yil 13-mayda tuman hokimi tomonidan ushbu qaror bekor qilinmaganligi to‘g‘risida 10-05-1188-sonli xat berilganligi, mazkur hujjatlarga asosan 2022-yil 15-avgustdagi 1718-1718224-48388-sonli Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilganligi, “Karkas loyiha” MCHJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib Arxitektura va shaharsozlik kengashining 2022-yil 8-oktabrdagi 56004-sonli ijobiy xulosasi olinganligi va 2023-yil 23-martdagi 010/03-sonli ekspertiza xulosasi berilganligi aniqlandi. Mazkur yer maydoniga qo‘shni bino egalari Askerova Rima va Vafoqulov G‘ofur tomonidan chegara nuqtalari bo‘yicha qarshiligi yo‘qligi to‘g‘risida rozilik xatlari berilganligi aniqlandi. Bugungi kunda fuqaro Toirov Obidjon tomonidan o‘ziga ajratilgan yer maydonidan chiqqan holda noqonuniy ravishda yengil konstruksiyali savdo do‘koni qurayotganligi aniqlanib, fuqaro Toirov Obidjonga mazkur yengil konstruksiyali savdo do‘konini buzib olib yer maydonini asl holiga keltirib qo‘yish, aks holda majburiy tartibda buzish uchun tegishli sud organlariga da’vo ariza kiritishi to‘g‘risida ogohlantilib qurilish ishlari to‘xtatildi.

Bundan tashqari 2023-yil 27-aprel kuni Samarqand tumanlararo ma’muriy sudining sud’yasi Z.Z.Karimov, sud’ya yordamchisi L.X.Usmanovning kotibligida arizachi D.Norqulovaning ishtirokida, arizachi Norqulova Dilafruz Abjabbarovnaning javobgar Payariq tuman hokimligiga nisbatan tuman hokimining qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan 5-1401-2301/358-sonli ma’muriy ish hujjatlarini Samarqand tumanlararo ma’muriy sudining binosida, ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, sud arizachi Norqulova Dilafruz Abjabbarovnaning Payariq tuman hokimining  2019-yil 20-iyul kunidagi 2332-Q-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasi qanoatlantirishdan rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilganligini  ma’lum qilamiz.

U.Quvatov,

Payariq tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM