20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash ishlarini yangi pog‘onalarga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. 

Yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Payariq tuman sektor rahbarlari boshchiligida mahallalardagi hokim yordamchilari, mutasaddi tashkilot va idora rahbarlari hamda tumanda faoliyat yuritayotgan salohiyatli tadbirkorlar va ishsiz xotin-qizlar ishtirokida «20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Prezident tomonidan aholi bandligini ta’minlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratish va ularga moliyaviy rag‘batlar taqdim etish zarurligi bo‘yicha takliflari tadbirkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, ishtirokchilar tumandagi "Xo'ja Ismoil" mahallasida joylashgan "Paradise white gold" MChJ tikuv fabrikasida bo'lib, u yerda amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishishdi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM