Bolalar uchun aliment: ularning huquqlarini qanday ta’minlash kerak?

Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bo‘limida, bo‘lim boshlig‘i v.b. O.To‘xtayev, fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining raisi Sh.Turdaliyev va tuman hokimligi oila va xotin qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi

hamda bolalarni huquqlarini himoya qilish shoʻba mutaxassisi va majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023 yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonunining yuzasidan, shuningdek, Bolalar uchun aliment: ularning huquqlarini qanday ta’minlash kerakligi mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Xususan, xotin-qizlar va bolalarning huquqlariga daxl qiluvchi jinoiy qilmishlar uchun mutanosib sanksiyalar belgilanmagan, xotin-qizlarni shilqimlik va zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy kafolatlari mavjud emas, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsga davlat himoyasini taqdim etuvchi orderning amal qilish muddati (o‘ttiz kun) xotin-qizlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari yetarli darajada himoya qilinishini ta’minlash imkonini bermaydi, alimentlarni to‘lamaganlik uchun jazo sifatida jarima solinishi yanada ko‘proq moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotganligi haqida gapirib o‘tdi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM