Payariq tuman tibbiyot birlashmasiga 5 ta sun'iy nafas olish moslamasi sovg'a qilindi
14.08.2020 - 12:41Pandemiya davrida tibbiyot jihozlariga bo'lgan talab tobora ortib bormoqda.
Bugungi talablardan kelib chiqqan holda Payariq tuman tibbiyot birlashmasiga 5 ta sun'iy nafas olish moslamasi homiylik asosida sovg'a qilindi. Sovg'alar tuman hokimi D.Musinov tomonidan topshirildi.