insurez
08-01-2025 16:25

2025-2026 yil kuz-qish mavsumi uchun 2025-yil davomida qilinadigan ishlar to‘g‘risida


“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida 2025-2026 yil kuz-qish mavsumi uchun 2025-yil davomida qilinadigan ishlar to‘g‘risida 
 
 MAЪLUMOT 
 
 Shuningdek, Payariq tumanida gaz ta’minoti tizimi barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida 2025-yilda 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash reja-dasturiga Payariq tumanida mavjud 5 dona gaz taqsimlash qurilmasini mukammal ta’mirlash, 531 dona gaz taqsimlash qurilmasi to‘liq taftishdan o‘tkazish, 48 km gaz quvurlarini xavo bosimi yordamida zichlikka sinash va tozalash, 22 km gaz tarmog‘ini pribor usuli bilan tekshirish, 20 km gaz quvurlarini estetik jixatdan tartibga keltirish xamda bo‘yoqlash ishlari bajarish, tumandagi mavjud yer osti quvurlarining 1.2 km ta’mirtalab qismini rekonstruksiya qilish xamda suyultirilgan gaz iste’molchilarini uzluksiz gaz bilan ta’minlash maqsadida 750 dona mayishiy gaz balonlari keltirib ta’minlash rejalashtirilmokda. 
 Payariq tumani axolisini ta’biiy gaz bilan uzluksiz bir meyorda ta’minlash va tabiiy gazni iqtisod qilish yo‘nalishi bo‘yicha tumanimizdagi M.Ulug‘bek va Toxirshayx, Fidokor, X.Ismoil maxallalarida mavjud 42 dona o‘rta bosimli gaz taqsimlash qurilmalari demontaj qilinib 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazilib 625 ta xonadonlarga zamonaviy regulyatorlar o‘rnatiladi. 
 Payariq tumani «Go‘zal” maxallasi xududidagi ko‘p qavatli uylarning gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturiga 1.2 km yangi gaz tarmog‘i tortilishini belgilash rejalashtirilmoqda. 
 Shuningdek, «M.Ulugbek” maxallasidagi Sharq ko‘chasi axolisini bugungi kunda tabiiy gaz ta’minotidagi bo‘lgan muammolarini va murojaatlari soni ko‘payganini xisobga olib, 2025-yilda ushbu xududdagi 180 ta yerli xonadonlarning tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 1.0 km o‘rta bosimli yer usti gaz tarmog‘ini maxalla va «Payariqtumangaz” GTB tashabbusi bilan tortilishi belgilab olingan. 
 Payariq tumani «A.Assaviy” maxallasi Mirtemir ko‘chasi axolisining tabiiy gaz ta’minotidagi muammolarini bartaraf etish maqsadida 0.7 km yer osti o‘rta bosimli gaz tarmog‘ini yer ustiga chiqarib rekonstruksiya ishlarini maxalla axolisi va «Payariqtumangaz” GTB tashabbusi bilan bajarish rejalashtirilgan. 
 Tabiiy gazdan oqilona foydalanish maqsadida axoli o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, zamonaviy gaz yondirgichlardan foydalanishning samarali tomonlari tushuntirish ishlari davom ettiriladi.

Teglar
- -