insurez
24-07-2024 09:40

#Brifing Mavzu: Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar.


Oʻzbeksiton Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi “2024-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-7-sonli Qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning dastlabki olti oyida Payariq tumanida 10 296 ta ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan boʻlib, amalda 13 719 ta ish oʻrni yaratildi  va bu  ko‘rsatkich belgilangan rejaga nisbatan 133 foizga bajarildi.
        
Tumanning iqtisodiy o‘sish surati quyidagi raqamlarda o‘z aksini ko‘rsatib turibdi:

Jumladan,   Investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 128 ta ish oʻrni rejasi belgilangan boʻlib, amalda 143 ta ish oʻrni yaratildi. Bu 112 foizni tashkil etadi.

          Xizmat koʻrsatish sohasi boʻyicha 4 086 ta ish oʻrni rejasi belgilangan boʻlib, amalda 5 696 ta ish oʻrni yaratildi ya’ni 139 foiz.

      Shuningdek,  Qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha 5 712 ta ish oʻrni yaratish belgilangan boʻlib, amalda 7 390 ta ish oʻrni yaratildi  va ushbu yonalishdagi ishlar 129 foizga bajarildi.

      Qurilish sohasi boʻyicha 370 ta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan edi. Amalda esa 490 ta ish oʻrni yaratildi

      Joriy yilning yanvar-iyun oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 442,9 milliard soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 106,1 foizni, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi esa 1trillion 613,4 milliard soʻmga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,0 foizni tashkil etmoqda.

      Tumandagi olib borilayotgan  keng ko‘lamli ishlar hajmiga ko‘ra salmoqli natijalarga erishildi.

      Shunindek, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 761,5 milliard soʻm va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 222,7 foizni,

     Qurilish ishlari hajmi 677,8 milliard soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 109,2 foizni tashkil etmoqda.

      Qolaversa, Chakana savdo hajmi 426,0 milliard soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 108,1 foizni

      Jami xizmatlar hajmi esa 669,0 milliard soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 107,7 foizni tashkil etdi.

      Bundan tashqari, eksport hajmi 6198,6 ming AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 116,4 foizni tashkil etdi.

     Import hajmi 2293,2 ming AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 53,2 foizni tashkil etdi.

Teglar
- -