Bugun Payariq tumani hokimi I.Jabborov tumandagi ijtimoiy ko'mpleksga kiruvchi tashkilotlar mas'ullarining 2024-yilda amalga oshirgan ishlari va 2025-yilda amalga oshirishni rejalashtirayotgan ustuvor vazifalari bo‘yicha hisobotlarini tingladi.

Dastlab, tuman hokimi o'rinbosari F.Omonov ijtimoiy kompleksga kiruvchi tashkilotlarda qilingan va ustivor vazifalar haqida umumiy ma'lumot berdi.
Shundan so'ng barcha tizim tashkilotlari mas'ullari jumladan, maktab va maktabgacha ta'lim tashkiloti, tuman tibbiyot birlashmasi, inson ijtimoiy xizmatlar markazi, yoshlar ishlari agentligi, sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi, tuman arxiv, sport va musiqa maktablari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari o'zi ishlayotgan tizim yoki korxonasini rivojlantirish bo'yicha tashabbuslarini bayon etishdi.
Jarayonda, tuman rahbari so'z olib, tizimdagi har bir yo'nalishni rivojlantirish, muammolarini hal etish va bu orqali xalqimizga qulay sharoitlarni yaratishda rahbarlarning alohida o'rni borligini, ularning o'z tashabbuslari bo'lishi kerakligi, aniq rejalar asosida ishlarni tashkil etib borishi lozimligini ta'kidladi.
Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajariladigan ustivor vazifalar yuzasidan qilingan taqdimotlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berdi.