insurez
21-08-2024 15:06

Bugun Payariq tumanida Singapur davlatining MARSHALL CAVENDISH EDUCATION xalqaro ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda "Muvaffaqiyatli islohotlar - yuqori natijalar" shiori ostida amaliy o‘quv-seminariga start berildi.


Ushbu tadbirni Payariq tuman hokimi Isroil Jabborov ochib, mamlakatimizda ta'lim sohasiga qaratilgan e'tibor, tizimda bo'layotgan o'zgarish va yangiliklar haqida gapirdi. Shuningdek, pedagog xodimlarni zamon talabidan kelib chiqqan holda tayyorlash, ularning nazariy va amaliy bilim, ko'nikmalarini oshirishda xalqaro tajribalarning  o'rni e'tirof etildi.

Aytish joyizki, bugun tumanda start berilgan ilmiy, amaliy o'quv seminari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Maktabgacha  va  maktab  ta’limi  vazirining 2024-yil  29-maydagi  177-son  buyrug‘iga  asosan  Singapurning  “Marshall Cavendish  Education”  tashkiloti  bilan  hamkorlikda tashkil etilmoqda. 

Maktabgacha va maktab ta'limi tizimi  pedagog xodimlari ishtirokida "Muvaffaqiyatli islohotlar  -  yuqori natijalar" mavzusida o'tadigan o‘quv-seminar 4 kun davom etadi va jarayonda qatnashchilar ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘qitish metodologiyalari va boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalar bilan tanishadi. Ushbu seminarning asosiy maqsadi – tuman darajasidagi ta'lim muassasalarida yuqori natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir. 

Teglar
- -