Bugun tuman hokimligida epidemik barqarorlikni ta'minlash borasida kechiktirib bo'lmaydigan epidemiologik va epizootologik, profilakti chora tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.
Bugun tuman hokimligida epidemik barqarorlikni ta'minlash borasida kechiktirib bo'lmaydigan epidemiologik va epizootologik, profilakti chora tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.
Tuman hokimligi, tuman IIB, FVB hamda SEO va JSM, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, tuman tibbiyot va veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi va boshqa mutasaddi idoralar mas'ul rahbarlari hamda xodimlari bilan o'tgan tadbirda yuqumli kasalliklardan biri bo'lgan QUTIRISH kasalligining salbiy oqibatlari, uni keltirib chiqaruvchi omillar va kasallik tarqalishining oldini olish masalasi muhokama qilindi.
Ma'lumki, kasallik aksariyat hollarda hayvonlarda paydo bo'lib, ular orqali insonlarga ham yuqadi. Jumladan, daydi va qarovsiz itlarning tishlashi ham qutirish virusining tarqalishida eng muhim sabablardan biridir.
Yig'ilishda mas'ullar ayni jihatlarga alohida to'xtalib, avvolo daydi va qarovsiz itlarni tutish, shuningdek, aholi xonadonlarida boqilayotgan itlar va boshqa uy hayvonlarining o'z vaqtida yuqumli kasalliklarga qarshi emlanishini tashkil etish kerakligi ta'kidlandi. Bunga mas'ul bo'lganlar esa masalaga jiddiy e'tibor qaratishi lozimligi qayd etildi.
Tadbir davomida, daydi itning tishlashi oqibatida qutirish kasalligini yuqtirgan va o'lim bilan tugagan holatlar misol qilib keltirildi.