Bugun viloyat hokimi A.Boboyev rahbarligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Tuman hokimi o‘rinbosari L.Jo‘rayev tomonidan hokimlik va tuman tashkilotlari mas’ullari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda dastlab, chorvachilik fermer xo‘jaliklari faoliyati, aholi daromadlarini oshirish, umumta’lim maktablaridagi oshxona va hojatxonalar ahvoli tahliliy muhokama qilindi.
Shuningdek, choraklik hisobot ma’lumotlari tayyorlash oldidan korxona va tashkilotlar ish samaradorligiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Yig‘ilishda ko‘rilgan har bir masala ijrosi yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar hamda muddatlar belgilab berildi.