Bugun viloyatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
Bugun viloyatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
Jumladan, Payariq tumanidagi 73-umumta'lim makatabida ham yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Isroil Jabborov ishtirok etib, yurtimizda ta'lim sohasiga qaratilgan e'tibor yaratilgan sharoitlarga to'xtalib, bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish, yangi o'quv yilini yangicha kuch, g'ayrat bilan boshlash, ustozlarning ta'lim tarbiyasini chuqur o'zlashtirish va kelgusida yurt koriga yaraydigan munosib insonlar bo'lib kamol topish kerakligini ta'kidladi. Shuningdek, barchani birinchi qo'ng'roq bilan qutladi.
Tadbir o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan madaniy-musiqiy dastur bilan davom etdi.
Jarayonda, ushbu maktabga qabul qilingan birinchi sinf o'quvchilari uchun Prezident sovg'alari topshirildi.
Bundan tashqari, ushbu maktab davlat dasturi asosida ta'mirga tushgan bo'lib, bugungi bayram tadbiri davomida maktab binosining foydalanishga toshirilishi marosimi ham o'tkazildi.
Maktabning binosi bundan 30-40 yil avval qurilgan bo'lib, tom qismi yaroqsiz holatga kelgan, o'quv xonalari ham ta'mirta'lab bo'lib qolgan edi. Yangi o'quv yiliga qadar maktabning tom qismi yangilanib, maktab binosi qayta ta'mirdan chiqarildi.
Ayni paytda ushbu maskanda ta'lim tarbiya jarayonlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.